Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Yevrotur: nufuzda ham, marrada ham birinchi!

Yevrotur: nufuzda ham, marrada ham birinchi!

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Ha, milliy chempionatlar orasidagi eng qiziqarlisi bo‘lgan APL marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tdi. La Liga va Bundesliga bahslari shu haftada nihoyasiga yetsa, Italiya hamda Fransiya vakillari yana ikki marta maydonga tushadilar.

Angliya. Oltinga teng bir ochko

12 may oqshomining bir xil vaqtiga belgilangan 10 uchrashuvdan keyin Angliya chempionati yakuniga yetdi. Darhaqiqat, bor-yo‘g‘i bir ochkolik farqning bir necha oy saqlanib qolishini ta’minlay olgan «Manchester Siti» va «Liverpul» qarama-qarshiligi butun dunyo muxlislari e’tiborida turgandi. Ochig‘i, yetakchi ham, ta’qibchi ham hal qiluvchi bosqichni a’lo darajada bosib o‘tishdi. Biroq toj bitta bo‘lgani bois, ta’qibchi yo‘l berishga majbur bo‘ldi.

So‘nggi turda «Siti» Braytonda maydonga tushgan bo‘lsa, «Liverpul» «Enfild»da «Vulverxempton»ni qabul qildi.

Tabiiyki, muxlislar bu ikki uchrashuvni hushyorlik bilan kuzatishdi. Yurgen Klopp jamoasi 17-daqiqada hisobni ochganida «Enfild»dagi manzarani ta’riflashga til ojiz edi. 10 daqiqadan keyin yana «portlash» ro‘y berdi, garchi hisob o‘zgarmagan bo‘lsa ham. Chunki «Brayton» «Siti» darvozasini ishg‘ol etgandi. Ammo «Liverpul» tarafdorlarining quvonchi uzoqqa cho‘zilmadi - Aguero o‘zining aniq zarbasi bilan Myurreyning goliga javob qaytardi, yana 10 daqiqadan keyin esa Lyaport «shaharliklar»ni oldinga olib chiqdi.

Tanaffusdan keyin Sadio Mane «bo‘rilar»ni yana bir marta ranjitdi, Mahrez va Gyundogan esa Braytondagi zafarni yirik ko‘rinishga olib kelishdi. Natijada chempionlik unvoni qatorasiga ikkinchi marta Gvardiola jamoasiga nasib etdi.

Bronza medallari «Chelsi» yoki «Tottenxem»ga tegishi avvalgi turda ma’lum bo‘lgandi. Taajjubki, so‘nggi turda bu jamoalar durang bilan cheklanishdi - «ko‘klar» «Lester» darvozasiga yo‘l topa olishmadi, «shporlar» Londonda «Everton»dan ustun kela olmadilar - 2:2.

Byornlida ishonchli (3:1) g‘alabaga erishgan «Arsenal» 5-pog‘onadan joy oldi. Hal qiluvchi bosqichda omadsizlikka duch kelgan «MYU» «Old Trafford»da alamzada «Kardiff»dan so‘nggi «tarsaki»ni (0:2) qabul qilib oldi.

Shu tariqa yakuniga yetgan mavsumda gollar soni bo‘yicha APL rekordi o‘rnatildi - 1072ta gol.

Ispaniya. «Real» yana maG‘lub

La Liganing hisobot turida «Real» navbatdagi mag‘lubiyatini tan oldi. Bu safar Zidan shogirdlari «Real Sosyedad»ga imkoniyatni boy berishdi - 1:3. Hatto safga qaytgan Karim Benzema ham vaziyatga ijobiy o‘zgarish kirita olmadi. Vaholanki, fransiyalik hujumchining samarali uzatmasi evaziga Braim Dias 6-daqiqada «Qirollik klubi»ni hisobda oldinga olib chiqqandi. Biroq mezbonlar tez orada muvozanatni tiklashdi. Bo‘lim yakunlanishi arafasida Xesus Valyexo Kurtua darvozasiga kirib ketayotgan to‘pni qo‘li bilan qaytarishga majbur bo‘ldi. Oqibatda hakam uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka, jamoasini esa penalti bilan jazoladi. Tibo «nuqta»dan yo‘llangan to‘pni ushlab oldi, lekin mezbonlar tanaffusdan keyin ozchilik bo‘lib qolgan «Real» darvozasiga 2ta gol urishdi. Taajjubki, penaltini bartaraf etgan belgiyalik mohir darvozabon keyin ishonchli o‘yin ko‘rsata olmadi.

YECHLdagi muvaffaqiyatsizlik asoratidan asta-sekin forig‘ bo‘lgan «Barselona» «Kamp-Nou»da kuchli kvartetga intilayotgan «Xetafe»ni 2:0 hisobida mahv etdi. «Valensiya» esa bundan unumli foydalanib, o‘z maydonida «Alaves»dan 3 ochkoni tortib olgan (3:1) holda 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Xullas, oxirgi turga bo‘lgan qiziqishni yetakchi to‘rtlikdan joy olish uchun kechadigan o‘yinlar ta’minlab beradi. 18 may oqshomida «Valensiya» «Valyadolid» bilan safarda kuch sinashadi, «Xetafe» esa o‘z maydonida «Vilyarreal»ni qabul qiladi.

Germaniya. Hammasi so‘nggi turga Qoldi

Bundesliga g‘olibi ham oxirgi turda aniqlanadigan bo‘ldi. Dortmundning «Borussiya»si o‘z maydonida o‘rtamiyona «Fortuna»ni katta qiyinchilik bilan bo‘lsada mahv etib (3:2), peshqadamga yaqinlashib olgan va «Bavariya»ning Leypsigdagi o‘yinini sabrsizlik bilan kutayotgandi. Dortmundliklar baxtiga, «RB Leypsig» yetakchining muddatidan avval shohsupaga ko‘tarilishiga imkon bermadi - 0:0. Shu tariqa yangi chempion nomi so‘nggi turda aniqlanadigan bo‘ldi. Unda «Borussiya D» Menxengladbaxda nomdosh raqibidan qimmatli 3 ochkoni tortib olishga urinib ko‘radi. Amaldagi chempion esa alamzada «Ayntraxt»ni qabul qiladi.

Darvoqe, frankfurtliklar jamoasi o‘z maydonida kamtarin «Mayns»ga imkoniyatni boy berib (0:2), turnir jadvalidagi mavqeini tushirib yubordi. Londondagi alamli mag‘lubiyat («Chelsi» - 1:1, pen.: 3:4) uni YEL finalidan mahrum etgani yetmagandek, endi jamoaga yevrokuboklar hududidan chiqib ketish xavf solmoqda. 6-pog‘onani saqlab qolish uchun «Ayntraxt» «Alyans Arena»da «Bavariya»ga bas kelishi talab etiladi. Aks holda, «Volfsburg» uning o‘rniga ko‘tarilib olishi mumkin. Biroq chempionlik taqdiri ham qil ustida turganligini unutmasligimiz kerak, myunxenliklarga ham hech bo‘lmaganda bir ochko juda zarur.

Italiya. YUQorida ham, Quyida ham vaziyat keskin

«A» seriyaning 36-turidan keyin sovrinli 3-o‘rin va yevrokuboklar hududi uchun kurash qizg‘in tus oldi. Shuningdek, Genuyada «Sampdoriya»dan 3 ochkoni tortib olgan «Empoli»da elitadagi o‘rnini saqlab qolish umidi paydo bo‘ldi.

Avvalgi turda Rimdan zafar («Lasio» - 3:1) bilan qaytgan «Atalanta» bu safar o‘z uyida «Jenoa» ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi va 4-o‘ringa mustahkam o‘rnashib oldi. Qizig‘i, chempiondan tashqari barcha nomdor jamoalar g‘alaba qozonishdi. Jumladan, «Roma» o‘z maydonida «Yuventus»ni taslim etdi - 2:0. «Lasio» Kalyari safaridan 3 ochko (2:1) bilan qaytdi, «Inter» o‘z maydonida («Kyevo» - 2:0), «Milan» esa safarda («Fiorentina» - 1:0) zafar quchishdi. Shuningdek, Ferrarada «Napoli» SPALdan 2:1 hisobida ustun keldi. Natijada turnir jadvalidagi vaziyat o‘ta keskin ko‘rinish oldi. Yetakchi kvartetdagi «Inter» va «Atalanta»ni «Roma» hamda «Milan» izma-iz ta’qib qilishmoqda. Taqdir taqozosiga ko‘ra, keyingi turda 3-o‘rin sohibini «Napoli», 4-pog‘ona egasini esa shaxsan chempion sinovdan o‘tkazadi. Autsayderlar guruhini tark etishga urinayotgan «Empoli» esa endigina yevrohududga kirib kelgan «Torino»ni qabul qiladi. Xullas, oxirgi ikki tur bahslari zeriktirib qo‘ymasligiga kafolat beramiz.

Fransiya. «Monako» tang holatda

36-tur arafasida «PSJ» hujumchisi Neymarga nisbatan navbatdagi diskvalifikasiya e’lon qilindi. Fransiya kubogi finalidan keyin muxlisga zarba bergani uchun braziliyalik legioner 3ta uchrashuvni o‘tkazib yuborishi kerak edi. Biroq bu jazo kubok musobaqalarida qo‘llaniladi. Shu bois, Neymar hisobot turida maydonga tushdi va «Anje»ga qarshi bahsning asosiy qahramoni bo‘ldi. Avvaliga hakamlar Edinson Kavani tomonidan urilgan golni «ofsayd» holatida deb inobatga olishmagandi. Keyingi hujum esa Neymarning darvoza tomon bosh bilan yo‘llagan aniq zarbasi bilan tugadi. Tanaffusdan keyin u burchak zarbasi evaziga Anxel di Mariyani to‘p bilan ta’minladi. Natijada hisob yiriklashdi.

Poytaxt jamoasi darvozaboni Janluiji Buffon 3 oylik faoliyatidagi dastlabki «quruq« o‘yinini nishonlash tadorigini ko‘ra boshlagan pallada Markinyosning qo‘polligi tufayli uning darvozasiga penalti belgilandi. «Anje» vakili Flavyen Tet esa zarba yo‘llashda xatoga yo‘l qo‘ymadi - 2:1.

Leonardu Jardim qaytganidan keyin mavqeini tiklab olgan «Monako» esa 7 turdan beri g‘alaba qozona olmasdan kelmoqda. Bu safar knyazlik klubi Nimdan kichik (0:1) hisobdagi mag‘lubiyat bilan qaytdi. Turnir jadvalidagi vaziyatdan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, «Monako» oxirgi ikki bellashuvni muvaffaqiyatli o‘tkazishi shart. Aks holda...

O‘z maydonida «Monpelye»ga imkoniyatni boy bergan (0:1) «Sent-Etyen» «Lion»ga yaqinlashish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi. Boz ustiga, «Lion» «Marsel» maydonida yirik (3:0) g‘alabaga erishib, o‘z mavqeini mustahkamlab oldi.

2-o‘rinda kelayotgan «Lill» «Bordo» darvozasiga yo‘llagan yagona aniq zarbasi evaziga navbatdagi 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Oxirgi 2 tur o‘yinlarida yetakchi to‘rtlikda jiddiy o‘zgarishlar kuzatilmasa kerak.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 10:48, 17.05.2019.
O'qildi: 2011 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.