Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche 2-2 Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem 2-1 Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted 2-1 Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo 2-1 Atalanta
01/03 19:00 Brayton 2-1 Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 1-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya 1-0 Osasuna
01/03 21:30 Arsenal 2-1 Chelsi
01/03 22:00 Torino 2-0 Lasio
01/03 22:30 Betis 2-2 Sevilya
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya
03/03 00:45 Udineze - Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid - Xetafe

Jamshid Saidov: «Hakamlar? Bu haqida gapirish mening vazifamga kirmaydi»

Jamshid Saidov: «Hakamlar? Bu haqida gapirish mening vazifamga kirmaydi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi 9-turidan o‘rin “Andijon” hamda “Paxtakor” jamoalari o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi. O‘yindan so‘ng “burgutlar”ning yangi  bosh murabbiyi Jamshid Saidov quyidagi fikrlarni bildirdi:

"Biz o‘zbek futbolining eng kuchli jamoasiga qarshi o‘ynadik. "Paxtakor" safida terma jamoamizning yetakchi futbolchilari to‘p tepishadi. Shogirdlarimga va Andijondan kelib qo‘llab-quvvatlab turgan  muxlislarga rahmat aytaman.

Bu bilan  hayot to‘xtab qolmaydi, biz ishlashd davom etamiz. Keyingi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘ramiz. Endigina 9 o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi, hali oldinda o‘yinlar ko‘p.

Jamoa ikki yil Pro-ligada o‘ynadi va o‘yin borasida kamchiliklar bo‘lishi tabiiy. Bu borada o‘z ustimizda ish olib boramiz.

Bugungi o‘yinda jamoaga nima yetishmadi?

 - Futbol 90 daqiqa o‘ynaladi. Uchrashuv so‘nggida ikkita to‘p o‘tkazib yubordik. Futbolchilar konsentrasiyani yo‘qotib qo‘yishdi. Bugun g‘alaba qozonishni istagan edik, ammo penalti, bahs so‘nggidagi gol barchasini o‘zgartirib yubordi.

- O‘yinning Farg‘onaga ko‘chirilishi sizning rejangizga ta’sir o‘tkazdimi?

Bellashuvning Farg‘onada o‘tgani ham ta’sir qildi. O‘z uyingda minglab muxlis qarshisida o‘ynash boshqacha. Ahir o‘z uyingda devorlar ham yordam beradi. Balki o‘yin umuman boshqacha kechgan bo‘lar edi.

- O‘yindagi hakamlik haqida nima deya olasiz?

Hakamlar haqida gapirish mening vazifamga kirmaydi va bu borada biror narsa deya olmayman"- deya Saidov so‘zlarini keltiradi Stadion.uz muxbiri Jaloliddin Qobiljonov.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 11:11, 17.05.2019.
O'qildi: 2718 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.