Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Eng yomon Sardorlar…

Eng yomon Sardorlar…

Baho:
+ | -

Futbol olamida jamoa sardorlarining tutgan o‘rni beqiyosliga hech kimga sir emas. Jamoa sardori bog‘ichini qo‘liga taqqan futbolchi borki, qolganlardan ko‘ra sovuqqonroq va jamoasini ortida ergashtira ola bilishi shart! Afsuski, sardorlik bog‘ichini qo‘lga taqqan futbolchinlarning hammasi ham, bunday hislatlarga ega bo‘lavermaydi. Bugun ana shunday sardorlar haqida qisqacha…

Robin van Persi

Gollandiyalik futbolchi «Arsenal» tarbiyalanuvchisi bo‘lsada, undan muxlislar xali hamon nafratlanishadi.
Fabregasning «Barselona»ga o‘tib ketgach, Venger sardorlik bog‘ichini Robinga topshiradi. Van Persiye fantastik ikki mavsumni o‘tkazadi va klub muxlislarining hurmatiga sazovar bo‘ladi. Uning  kiritgan gollari Fergussoning e’tiborini tortadi va futbolchi uchun «qizil iblislar» 30 million yevro taklif qilishdi. «Arsenal» bu shartga ko‘nmadi biroq, futbolchi klub bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi va o‘zini sotib yuborishlarini talab qilgani yetmaginidek, «Manchester Yunated» klubiga o‘tgach, o‘zini yoshligidan «qizil iblislar» muxlisi ekanligini e’lon qildi. Uning bunday yo‘l tutishini kutmagan «Arsenal» muxlislari jamoa sardorining ismi tushurilgan futbolkalarni yoqib yuborishni boshladilar. Eng achinarlisi, Robin atigi bir mavsum yuqori formada to‘p surdi va Fergusson ketgach, uning natijalari keskin pasayib ketadi va futbolchi APLdan ketishgan majbur bo‘ladi. Futbolchi 10 yildan ortiq «Arsenal» sharafini himoya qilgan bo‘lsada, klub muxlilsari eng yomon ko‘rgan sardor sifatida tarixda qoldi.

Leanardo Bonuchchi

2017-18 yilgi mavsum Leonardo uchun juda omadsiz  keldi. YCHL finali boy berildi, klub ichki nozilar ostida qoldi, murabbiy bilan munosabatlar yomonlashdi…
 Bunday vaziyatdan chiqib ketishning yagona yo‘li sifatida Bonuchi ketishga qaror qildi va yangi homiy bilan katta yutuqlarni ko‘zlayotgan «Milan» safiga o‘tib ketdi. Uning yangi klubi futbolchini «A Seriya»da o‘sha davrlarda eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylantirdi va Leo uchun qulaylik tug‘dirish maqsadida «Milan» 3 ta himoyachi bilan harakatlana boshladi. Eng muhimi futbolchi o‘zini yaxshi his qilishi uchun unga jamoa sardorligini topshirishadi. «Milan» tifozilari yangi futbolchidan ko‘p narsa kutishgan edi, lekin hammasi birdaniga o‘zgarib ketdi. Bonuchi «Milan»da to‘p surishni istamadi va yana «Yuventus»ga qaytib bordi. Uning bu ishi «Milan» muxislarining g‘azabini qo‘zg‘atgan bo‘lsa, «Yuve» muxlislari uni sotqinga chiqarib qo‘yishdi. Bechora Leo…

Denis Glushakov

Rossiyalik futbolchining klub strukturasi va transfer siyosatiga aralashgani yetmaginidek, klubda tashviqot bilan shug‘ullangani borasida paydo bo‘lgan faktlar muxlislarning unga bo‘lgan munosabatini keskin o‘zgartirib yubordi. Bu ham yetmagidek, uning telefon orqali murabbiy va futbolchilar to‘grisida bildirgan fikrlari yozib olingan audio butun Rossiyaga tarqab ketdi va futbolchi hurmat va ehtiromga ega sardordan bir lahzaning o‘zida nafratga uchragan futbolchiga aylanib qoldi. Uning instagramdagi akauntiga har kuni o‘rtacha mingta negative habar kelsa, futbolchining o‘zi tan soqchisiz ko‘chaga chiqmaslikka urunmoqda. Afsuski, Denisning qing‘ir ishlari uning boshiga yetdi va klub uni yozda qanday qilib bo‘lsada sotib yuborishga muxlislar oldida va’da berdi.

Manba: Foot Bazza
Kiritildi: 18:04, 17.05.2019.
O'qildi: 6306 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.