Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche 2-2 Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem 2-1 Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted 2-1 Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo 2-1 Atalanta
01/03 19:00 Brayton 2-1 Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 1-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya 1-0 Osasuna
01/03 21:30 Arsenal 2-1 Chelsi
01/03 22:00 Torino 2-0 Lasio
01/03 22:30 Betis 2-2 Sevilya
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya
03/03 00:45 Udineze - Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid - Xetafe

«Milliy» stadionning yangi chimi sinovdan o‘tkazildi

«Milliy» stadionning yangi chimi sinovdan o‘tkazildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan yurtimizda futbol infratuzilmasini yaxshilash, zamonaviy talabga javob beradigan stadion va maydonlarni barpo qilish va rekonstruksiya ishlarini olib borish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.  

Jumladan, poytaxtimizda joylashgan "Milliy" stadionning chimini yangilash ishlari olib borilayotgani haqida avval xabar berib o‘tgandik. O‘zbekiston futbol assosiyasi buyurtmasiga asosan Turkiyaning "Iren"kompaniyasi tomonidan stadion chimi zamonaviy talabga javob beradigan darajaga olib kelindi. Bugun O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi hamda Pro-liganing "Rubin" jamoasi o‘rtasidagi o‘yin orqali  maysaning birinchi testi o‘tkazildi. 10 kundan so‘ng ikkinchi sinov amalga oshiriladi.   

Xabaringiz bor, iyun oyida O‘zbekiston milliy terma jamoasi  KXDR va Suriya terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazadi. Mazkur o‘yinlar "Milliy" stadionda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shu sababdan ham maydon maysasini sinovdan o‘tkazish jarayonida milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper, shuningdek, Olimpiya terma jamoasi ustozi Lyubinko Drulovich hamda O‘FA mutasaddilari ishtirok etishdi.

  "Milliy" stadionning avvalgi chimi talabga javob bermagani tufayli to‘laligicha ko‘chirib tashlangandi.

Keyin Turkiyaning "Iren" kompaniyasi vakillari tomonidan stadion chimi to‘laligicha yangilandi va parvarish qilindi.


Nafaqat poytaxtimiz, balki mamlakatimizning bosh futbol arenasi hisoblangan  “Milliy” stadionining yangi chimi jahon standartlariga to‘liq javob berib, endilikda bu yerda bemalol xalqaro o‘yinlarni o‘tkazish mumkin bo‘ladi. 

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 22:40, 17.05.2019.
O'qildi: 3512 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.