Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/09 00:00 Betis 1-0 Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich 0-2 Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl 2-2 Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona 5-2 Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina 1-2 Torino
05/09 19:00 Brentford 1-1 Sanderlend
05/09 19:00 Brayton 1-1 Lids
05/09 19:00 Fulhem 2-3 Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti 1-0 Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest 0-0 Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao 3-0 Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum 3-2 Buxoro
05/09 21:00 Inter 3-2 Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano 3-2 Rasing
05/09 21:30 Xall Siti 0-0 Aston Villa
05/09 23:45 Roma 2-1 Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton - Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone - Venetsiya
06/09 18:00 Parma - Monsa
06/09 19:15 Valensiya - Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio

“Sport oyligi” doirasida “Sog‘lom oila – jamiyat boyligi” velomarafoni o‘tkazildi

“Sport oyligi” doirasida “Sog‘lom oila – jamiyat boyligi” velomarafoni o‘tkazildi

Baho:
+ | -

Sir emaski, yurtimizda xotin-qizlar sportiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Havaskorlar o‘rtasida turli miqyosda tashkil qilinayotgan sport musobaqalari aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi tashabbusi bilan may oyi yurtimizda “Sport oyligi” deb e’lon qilingan edi. Bugun poytaxtimizdagi “Milliy” stadionida ham ana shunday sport tadbirlaridan biri O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va O‘zbekiston velosiped sporti federasiyasi bilan hamkorlikda tashkil qilindi.

Xalqaro oila kuni arafasida o‘tkazilgan mazkur musobaqada poytaxtimizning turli tumanlaridan tashrif buyurgan jami 100 dan ziyod xotin-qizlar ishtirok etishdi. Bunday sport tadbirini o‘tkazishdan maqsad, avvalo, ayollar salomatligiga e’tibor qaratish, ularning mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish, shu bilan birga hayotimiz ko‘rki va millatimiz kelajagi bo‘lgan xotin-qizlarni har tomonlama sog‘lom va jismonan baquvvat bo‘lishlarini ta’minlashga qaratilgan.

Musobaqa 40 yoshgacha va undan yuqori yosh toifalarida o‘tkazildi. Ishtirokchilarning imkoniyatidan kelib chiqib, masofa ham shunga yarasha belgilab olingan. Natijalar bo‘yicha ikkala yo‘nalishda Olmazor tumani vakilalari g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. 18-40 yosh oralig‘idagi bellashuvlarda Mavluda Isayeva, 40 yoshdan katta toifada esa Svetlana Isayeva marraga birinchi bo‘lib yetib keldi.

Bellashuvlar yakuniga ko‘ra, barcha g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. E’tiboringizga mazkur sport tadbiridan qator fotosuratlarni havola qilamiz.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 13:37, 18.05.2019.
O'qildi: 2062 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик