Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Buxoroda yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionlari aniqlandi

Buxoroda yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionlari aniqlandi

Baho:
+ | -

Buxoro shahridagi “Buxoro sport majmuasi”da yengil atletika bo‘yicha 2002-2003 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il va qizlar o‘rtasida Respublika chempionati bo‘lib o‘tdi.

Mamlakat birinchiligida respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 340 nafar (shundan 100 nafari qizlar )yosh sportchilar yengil atletikaning turli yo‘nalishlari bo‘yicha ikki guruhga bo‘linib kuch sinashishdi. Ya’ni birinchi guruh sportchilari 16 yoshgacha bo‘lganlardan tashkil topgan bo‘lsa, ikkinchi guruh 18 yoshli o‘g‘il-qizlarni qamrab oldi.

 

Ikki kun davom etgan chempionatda birinchi guruhda jamg‘arilgan medallar soni bo‘yicha surxondaryolik yoshlar yetakchilik qilgan bo‘lsa, keyingi o‘rinlar Sirdaryo va navoiylik atletlarga nasib etdi.

 

18 yoshlilar o‘rtasidagi bahslarda esa Samarqand viloyati vakillari eng ko‘p medal jamg‘arishdi. Shuningdek, ushbu yosh toifasida Farg‘ona va Toshkent viloyatidan tashrif buyurgan yigit-qizlar eng yaxshi natijani qayd etishdi.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlari diplomlar bilan taqdirlanishdi.

 
Manba: Minsport
Kiritildi: 00:51, 19.05.2019.
O'qildi: 3655 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик