Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche 2-2 Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem 2-1 Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted 2-1 Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo 2-1 Atalanta
01/03 19:00 Brayton 2-1 Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 1-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya 1-0 Osasuna
01/03 21:30 Arsenal 2-1 Chelsi
01/03 22:00 Torino 2-0 Lasio
01/03 22:30 Betis 2-2 Sevilya
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya
03/03 00:45 Udineze - Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid - Xetafe

Berlin U -18 bosh murabbiyi: «Futbolchilarim bu o‘yinni butun umr unutishmaydi»

Berlin U -18 bosh murabbiyi: «Futbolchilarim bu o‘yinni butun umr unutishmaydi»

Baho:
+1 | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Kecha Andijon shahridagi "Sog‘lom avlod" stadionida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Berlin akademiyasi tarbiyalanuvchilariga qarshi dastlabki o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi. Uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan tugadi. Uchrashuvdan so‘ng tashkil qilingan matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Genri Ronesh ishtirok etdi.

Hammasi a’lo darajada o‘tdi. Futbolchilarimga stadiondagi muhit juda yoqdi. Futolchilarim birinchi marta bunday atmosferada o‘ynashdi. Bu o‘yin butun umr ularning esda qoladi.

- O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi haqida fikringiz?

- Biz uchrashuv oldidan qiyin o‘yin bo‘lishini bilgandik. Raqibning hujum chizig‘idagi futbolchilar juda tezkor ekan. Shuningdek sizlarning terma jamoangizda indvidual mahorat egalari ko‘p ekan.

- Raqib safida harakat qilgan qaysi futbolchilar sizga yoqdi?

- Hujumchilarning hammasi yoqdi. Alohida aytadigan bo‘lsam 17-raqamdagi Ruslan Ro‘ziyevning harakatlari menga yoqdi. U himoyachilarimizga yetarli muammolar to‘g‘dira oldi.

- Durang natijadan qoniqdingizmi?

- Ha natijadan xursandmiz. Sababi raqibda ko‘plab imkoniyatlar bo‘ldi, ammo darvozabonimiz ishonchli harakat qilib, ajoyib 3ta seyvni amalga oshirdi. Asosan himoyada o‘ynaganimiz sababli bizda imkoniyatlar kamroq bo‘ldi.  

Hakamlarni ayblamoqchi emasman. Ammo Germaniya bilan solishtirganda bu yerda hakamlik butkul farq qiladi. Bizda futbolchi ikki oyog‘i bilan raqibga tashlansa to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatiladi. Bugun ayrim vaziyatlarda bunday bo‘lmadi. Germaniyada hakamlar yakka kurashlarga qo‘yib berishadi. Ammo hakamlarni yomonlamoqchi emasman. Ajoyib atmosfera uchun yana bir bor rahmat", deya Ronesh so‘zlarini keltiradi Stadion.uz muhbiri Jaloliddin Qobiljonov.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 11:25, 22.05.2019.
O'qildi: 5270 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.