Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya 0-4 Yaponiya

Otabek G‘ulomxo‘jayev: «Bunday o‘yinlarda futbolchilar muxlislarning «lyubimchigi»ga aylanmoqchi bo‘lishadi»

Otabek G‘ulomxo‘jayev: «Bunday o‘yinlarda futbolchilar muxlislarning «lyubimchigi»ga aylanmoqchi bo‘lishadi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Kecha Andijon shahridagi "Sog‘lom avlod" stadionida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Berlin akademiyasi tarbiyalanuvchilariga qarshi dastlabki o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi. Uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan tugadi. Uchrashuvdan so‘ng tashkil qilingan matbuot anjumanining ikkinchi qismida terma jamoamiz ustozi Otabek G‘o‘lomxo‘jayev ishtirok etdi.

“Avvalambor, stadiondagi muhit haqida gapirmoqchi edim. Hammasi yuqori darajada tashkil etildi. Muxlislar biz uchun qoyilmaqom muhitni yaratib berishdi. Buning uchun jamoa nomidan andijonlik muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Hammasi men kutganimdan ham ortiq darajada bo‘ldi.

O‘yinga keladigan bo‘lsak, uchrashuv yaxshi o‘tdi. Ko‘nglim to‘lmagan narsa, ba’zi yigitlarni maydondagi o‘ylab topayotgan harakatlari. Bunday o‘yinlarda futbolchilar muxlislarinng “lyubimchigi”ga aylanmoqchi bo‘ladi. Ba’zi futbolchilar arqonning uchini o‘ziga tortishga harakat qilishdi. Ularni to‘g‘ri tushunaman hali yosh. Bugungi o‘yinda yigitlar yosh bollarning xatosini qilishdi. Hali katta futbolga qadam qo‘yishsa hammasi o‘ziga keladi. Umumiy qilib aytganda o‘yindan ko‘nglim to‘ldi, ammo men kutgan futbolchilar o‘z o‘yinini ko‘rsata olishmadi.

O‘ylashimcha, raqibda yo‘lnning toliqishi kuzatildi. Menimcha, navbatdagi uchrashuvimiz yanada qiziqarli kechadi. Bugungi o‘yinda raqib bizga futbol o‘ynashga qo‘yib berdi. Raqib tartibli himoyalana oldi. Ha, bizda golli imkoniyatlar ko‘p bo‘ldi. Ammo oxirgi zarbani berishda yigitlarga aniqlik yetishmadi. Ammo g‘alabaga loyiq bo‘lish uchun o‘sha vaziyatlarda oxirgi zarbani aniq bera olish kerak. Tarkibimizda hali 17 yoshga to‘lmagan 3-4 nafar bolalar ham bor. To‘g‘ri, hujum qilishni uddalayapmiz. Biroq oxirgi zarbani berishda baribir tajriba yetishmayapti.

Ammo meni xursand qiladigani, jamoamizda individual jihatdan yaxshi futbolchilar ko‘p. Men bunday futbolchilarga imkoniyat beraman. Futbolning chiroyi ham asli shunda. Oldingi chiziqdagi futbolchilarning kreativligidan to‘g‘ri foydalanish kerak.

Endi Namanganda o‘tadigan o‘yinda tarkibda o‘zgarishlarni qilamiz. Biz 22 nafar o‘yinchi bilan kelganmiz va bugun hammasi bo‘lib 16 ta futbolchi maydonga tushdi. Namanganda esa bugun o‘ynamagan 6 nafar futbolchiga asosiy tarkibda o‘zlarini ko‘rsatish uchun imkoniyat beraman.

Shuningdek, kelasi o‘yinda darvozamizda ham o‘zgarish bo‘ladi. Ne’matov o‘rniga "Lester Siti" akademiyasida o‘ynayotgan darvozabon harakt qiladi.  

Bir ikkita vaziyatlarda futbolchilarim to‘pni to‘xtishda xatolarga yo‘l qo‘ydi. Maydon sifati ham yangi ochilgani bilan hali yosh, o‘zini tutvomagan. Bu bahona emas. Sababi raqib ham biz ham shu maydonda harakat qildik.

Muxlislarga yana bir bor rahmat aytmoqchiman. Stadiondagi muhit daxshat. Men o‘zim ham murabbiy sifatida bunday atmosferada il marta qatnashdim. Yana bir narsaga xursandman muxlislar har bitta futbolchini tanib bo‘ldi. Muxlislar ularning kreativ harakatlariga o‘z munosabatini bildirishyapti. Muhimi futbolchilar o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi”, deya Otabek G‘ulomxo‘jayev so‘zlarini keltiradi Stadion.uz muxbiri Jaloliddin Qobiljonov.   

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 11:49, 22.05.2019.
O'qildi: 3207 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.