Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Ramos «Real»dan ketish haqida o‘ylamoqda

Ramos «Real»dan ketish haqida o‘ylamoqda

Baho:
+ | -

«Real» sardori Serxio Ramos klubni tark etib, boshqa jamoa taklifini qabul qilish haqida bosh qotirmoqda. Bu haqda El Chiringuito jurnalisti Xuanfe Sans xabar tarqatdi.

Yakunlangan mavsum davomida klubda ro‘y bergan ba’zi ishlar Ramosga yoqmadi. Jumladan, madridliklar "Ayaks"ga yutqazib qo‘yib, Yevropa chempionlar ligasini tark etganidan keyin 33 yoshli futbolchi kiyinish xonasida klub prezidenti Florentino Peres bilan urishib qolgan.

«Manchester Yunayted» va «PSJ» klublari bir necha yillardan beri futbolchiga qiziqish bildirib keladi. Har safar ular rad javobini olgan bo‘lsa, bu safar vaziyat o‘zgarishi mumkin.

Ramos hozircha o‘zining maqsadini «Real» rahbariyatiga ma’lum qilmadi. Uning jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning iyun oyiga qadar tuzilgan.

Yakunlangan mavsumda futbolchi barcha musobaqalar doirasida 42ta o‘yinda maydonga tushib, 11ta gol urdi va 2ta golga uzatma berdi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 18:21, 24.05.2019.
O'qildi: 6689 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик