Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted 3-2 Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa 0-1 Brentford
01/02 20:15 Betis 2-1 Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem 2-2 Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese 0-2 Inter
01/02 22:30 Xetafe 0-0 Selta
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze - Roma
03/02 01:00 Sanderlend - Byornli
03/02 01:00 Malyorka - Sevilya

Bahodir Jalolovga yangi uyning kaliti topshirildi

Bahodir Jalolovga yangi uyning kaliti topshirildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Nufuzli xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishgan sportchilarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik ularni yangi marralar sari ruhlantirishi shubhasiz.

23 may kuni Surxondaryo viloyati hokimligida sport federasiyalari mutasaddilari, murabbiylar, sport jamoatchiligi va sportchi yoshlar ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda xalqaro maydonlarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgan bir guruh surxondaryolik yigit-qizlarning sport sohasida erishayotgan yutuqlari e’tirof etildi.

Tadbirda boks bo‘yicha mamlakatimiz terma jamoasi a’zosi, xalqaro toifadagi sport ustasi, Jahon Kubogi sohibi, jahon hamda Osiyo chempionatlari sovrindori, ko‘plab xalqaro musobaqalar g‘olibi Bahodir Jalolovga Termiz shahrida bunyod etilgan barcha sharoitlarga ega 2 xonali uyning kaliti va egalik sertifikati topshirildi.

B.Jalolov 1994 yilning 8 iyulida Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida tug‘ilgan. 2018-2019 yillarda o‘tkazilgan professional boks janglari g‘olibi.

Iqtidorli bokschimiz 2019 yilning aprel oyida AQSHning Nyu-York shtatida o‘tkazilgan bahslarda “NABF Junior Heavyweight Title” titul kamarini, Tailandda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan. U hozirda 2020 yilda Yaponiyaning Tokio shahrida o‘tkaziladigan yozgi Olimpiya o‘yinlariga puxta hozirlik ko‘rmoqda.

Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Kiritildi: 19:12, 24.05.2019.
O'qildi: 3018 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.