“Arsenal” “Atletiko”ning ganalik yarim himoyachisi Tomas Partega qiziqib qoldi. Bu haqida Daily Mail xabar tarqatdi.
Manbaning xabariga ko‘ra, londonliklar futbolchini yozgi transfer oynasida olib kelishga harakat qilib ko‘radi. Futbolchining tovon puli 50 million evro etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, futbolchini shuningdek “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted” va “Inter” klublari o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.