Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Superliga. «Nasaf» – «Lokomotiv» uchrashuviga oid ma’lumotlar

Superliga. «Nasaf» – «Lokomotiv» uchrashuviga oid ma’lumotlar

Baho:
+ | -

Bugun, 26 may kuni Qarshidagi markaziy stadionda Superliganing 10-turidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Lokomotiv” bahsi bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi. Quyida o‘yinga oid baʼzi maʼlumotlarni keltirib o‘tamiz.

“Nasaf”

– “Nasaf” turnir jadvalida 14 ochko bilan 5-o‘rinni egallab turibdi. Jamoaning to‘plar nisbati 14-9.

– Bugun “Nasaf” o‘z maydonida 6-uchrashuvini o‘tkazadi. Ortda qolgan besh o‘yinda qarshiliklar 3 marta g‘alaba qozonib, bittadan durang va mag‘lubiyat qayd etishdi.

– “Nasaf” o‘z uyida 10ta gol urib, 3ta to‘p o‘tkazib yuborgan.

– “Nasaf” oxirgi to‘rtta o‘yindan beri mag‘lubiyatga uchramayapti.

– Oxirgi to‘rtta bellashuvda Ro‘ziqul Berdiev shogirdlari uch marta g‘alaba qozonib, bir bor durang o‘ynashdi.

– “Nasaf” oxirgi ikki turni Qarshida o‘tkazib, “Qizilqum” bilan 1:1 o‘ynadi va “Qo‘qon-1912″ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

– “Nasaf”ning eng yaxshi to‘purari Xumoyun Murtazoev bo‘lib turibdi, uning hisobida 7ta gol bor.

“Lokomotiv”

– “Lokomotiv” musobaqa jadvalida 18 ochko bilan ikkinchi o‘rinda boryapti. Jamoaning to‘plar nisbati 15-7.

– “Lokomotiv” shu paytgacha safarda 3ta o‘yin o‘tkazib, bittadan g‘alaba, durang va mag‘lubiyat qayd etdi.

– “Lokomotiv” safar o‘yinlarida uchta gol urib, o‘z darvozasidan ham shuncha gol o‘tkazgan.

– “Lokomotiv” oxirgi uchta o‘yinni durang bilan yakunladi. “Temiryoʼlchilar” safarda “Metallurg” va uyda “Qo‘qon-1912”, “Bunyodkor”ni yenga olishmadi.

– “Loko” oxirgi marta 6-turda g‘alaba qozongan. Jamoa o‘z maydonida “Qizilqum”ni 3:1 hisobida yengdi.

– “Lokomotiv” shu paytgacha “Nasaf”ga qarshi 28 o‘yin o‘tkazib, shundan 9tasida g‘alabaga erishgan.

– “Loko”ning Superligadagi eng yaxshi to‘purari Temurxo‘ja Abduxoliqov bo‘lib turibdi. Uning hisobida 6ta gol bor.

Oxirgi 5 o‘yin

2018 y. “Nasaf” – “Lokomotiv” 2:1

2017 y. “Nasaf” – “Lokomotiv” 2:0

2016 y. “Nasaf” – “Lokomotiv” 1:2

2015 y. “Nasaf” – “Lokomotiv” 1:0

2014 y. “Nasaf” – “Lokomotiv” 2:5

Qarshida bo‘lib o‘tgan oxirgi beshta o‘yinning uchtasida maydon egalari zafar quchgan. Shuningdek, ikki bor “Loko” g‘alaba bilan qaytgan. Hozircha durang qayd etilmagan. To‘plar nisbati 8-8.

Manba: www.lokomotiv.uz
Kiritildi: 17:00, 26.05.2019.
O'qildi: 2462 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.