Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

30 may kuni Superliga va PRO-liga hakamlari ishtirokida navbatdagi seminar o‘tkaziladi

30 may kuni Superliga va PRO-liga hakamlari ishtirokida navbatdagi seminar o‘tkaziladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan hakamlarning malakasini oshirish, hakamlar tomonidan o‘yinlarni boshqarishda halollik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Superliga va PRO-liganing har bir turidan so‘ng O‘FA Hakamlar va nazoratchilar departamenti tomonidan hakamlar uchun maxsus seminar tashkil qilinib, o‘yinlar davomida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar tahlil qilib borilmoqda.

30 may kuni ana shunday seminarlarning navbatdagisi "Bunyodkor" akademiyasi binosida tashkil qilinadi. Seminar soat 10:30da boshlanadi.

Seminar davomida hakamlarga turli videolavhalar namoyish qilinib, ularning bilim va ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi. Shuningdek, o‘yin qoidalariga kiritilgan ba’zi juz’iy o‘zgarishlar haqida ma’lumot beriladi. Mazkur seminarga yurtimizda faoliyat olib borayotgan sportga ixtisoslashgan ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etiladi. 

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 09:06, 28.05.2019.
O'qildi: 1778 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик