Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

10-tur iqtiboslari bilan tanishing… va qiziqarli statistikalar

10-tur iqtiboslari bilan tanishing… va qiziqarli statistikalar

Baho:
+ | -

10-tur uchrashuvlarida qayd etilgan natijalardan o‘laroq klublar murabbiylari o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashishdi.

Ana shular ichida eng qiziqarlilarini quyidagi "iqtiboslar guldastasida" keltirmoqdamiz...

- Oldingi o‘yinda «Surxon»ga omad kulib boqdi. Futbol o‘zi shunaqa. Hattoki, «Barselona» ham yutqaz­yapti 4:0 hisobida. Hamidjon Aktamov («Qizilqum» bosh murabbiyi). 

- Aslida raqib o‘yinini chuqur tahlil qilgandik, lekin mehmonlar butkul o‘zgacha o‘yin ko‘rsatishdi. Davron Fayziyev («Dinamo» bosh murabbiyi).

- O‘yin unutiladi, natija tarixda qoladi. Jamshid Saidov («Andijon» murabbiyi).

- Maydonda cho‘zilib yotib olaverish ish emas-da. Xuddiki, raqqosalar maydonga tushgandek. Agar kimnidir «Tez yordam» mashinasi olib ketganida, hammasini tushungan bo‘lardim. Andrey Kanchelskis («Nav­bahor» bosh murabbiyi). 

- Mag‘lubiyatda ayb to‘laligicha mening zimmamda. Tarkib tanlashda adashdim. Namanganda yaxshi o‘ynagandik. Lekin safarda bunday o‘ynab, uyda g‘alaba qozonsak, yaxshiroq bo‘lardi balki. Andrey Shipilov («Metallurg» bosh murabbiyi).

- O‘yinimiz negadir barqaror ko‘rinish olmayapti. Endi rahbariyatdan iste’fo so‘rayman... Mirjalol Qosimov (AGMK bosh murabbiyi).

- Yaqin kunlarda 11 nafar o‘yinchi terma jamoalarga yo‘l oladi. Biz esa ixtiyorimizda qolgan futbolchilar bilan yana 4 kundan so‘ng maydonga tushishimiz kerak. Shota Arveladze («Paxtakor» bosh murabbiyi).

- Tanaffusdan keyin hujumni kuchaytirish uchun yangi kuchlarni maydonga tushirdik. Natijada qator xavfli vaziyatlar yaratildi. To‘p hattoki, darvoza to‘siniga tegdi, lekin gol yo‘q... Mirislom Hasanov («Buxoro» murabbiyi).

- O‘yin davomida bir qator xavfli vaziyatlar yuzaga keltirdik. Agar ulardan unumli foydalanganimizda, natija umuman boshqacha ko‘rinish olishi mumkin edi. Ro‘ziqul Berdiyev («Nasaf» bosh murabbiyi).

 

TUR QAHRAMONI - SHOHRUZ NORXONOV

«So‘g‘diyona» Superliga-2019da 5-g‘alabasini tantana qildi. Shohruz Norxonov shundan 3tasiga gol urish asnosida katta hissa qo‘shdi. Jizzax jamoasining avvalgi g‘alabalarida boshqa futbolchilar ham o‘zlarini ko‘rsatishgandi. «Buxoro» bilan uchrashuvda esa o‘rtadagi 3 ochko taqdiri aynan Norxonov tomonidan qayd etilgan «dubl» hal qildi. Ulug‘bek Baqoyev jamoasi 5-o‘rinda - buni kim kutgandi? Xullas, bu natija klubdan kimnidir alohida e’tirof etishga arziydi. Bunday pallada «dubl»ga erishgan futbolchi qolib, boshqasini tanlash mumkinm

 

Tur Statistikasi

O‘yin: 7

Gol: 19  (o‘rtacha: 2,71...)

Tomoshabin: 54284 (o‘rtacha: 7754...)

Mezbonlar g‘alabasi: 3

Mehmonlar g‘alabasi: 2

Durang: 2

Yirik hisobli g‘alaba: 1 («Paxtakor» - 4:1)

Eng sermahsul o‘yin: «Paxtakor» - AGMK (5ta gol)

Ogohlantirish: 25 (o‘rtacha: 3,57...)

Chetlatish: -

Eng «qo‘pol» o‘yin: «Navbahor» - «Andijon» (8ta «sariq»)

Eng ko‘p tomoshabin kirgan o‘yin: «Navbahor» - «Andijon» (12900)

Penalti: 2 (1tasi samarasiz)

«Dubl»: 2 (Alisher Sanoyev, «Qizilqum»; Shohruz Norxonov, «So‘g‘diyona»)

«Xet-trik»: -

«Poker»: -

Avtogol: -

 

To‘purarlar

Dragan Cheran («Paxtakor») - 10ta (4ta - pen.)

Humoyun MURTAZOYEV («Nasaf») - 7ta

Zafar Polvonov (AGMK) - 7ta

Temurxo‘ja AbduxoliQov («Lokomotiv») - 7ta

Aleksandr Kasyan («Navbahor») - 6ta (1ta - pen.)

Xurshid G‘iyosov («Bunyodkor») - 6ta (4ta - pen.)...

 

11-tur

15 iyun (shanba)

LOKOMOTIV - SURXON

QizilQum - SO‘G‘DIYONA

QO‘QON-1912 - DINAMO

16 iyun (yakshanba)

buxoro - paxtakor

andijon — metallurg

agmk - navbahor

bunyodkor – nasaf

TURNIR JADVALI

№     Jamoa O‘yin     G‘alaba Durang Mag‘lubiyat       T-N       Ochko

1      Paxtakor         10        8          2          0          22-8      26

2      Lokomotiv       10        6          3          1          16-7      21

3      Surxon            10        5          3          2          11-8      18

4      Bunyodkor         10        5          2          3          13-10    17

5      So‘g‘diyona         10        5          0          5          13-15    15

6      Navbahor         10        3          5          2          15-11    14

7      Nasaf              10        4          2          4          14-10    14

8      Dinamo            10        3          5          2          11-11    14

9      Metallurg        10        3          3          4          13-11    12

10     Qizilqum         10        2          4          4          12-17    10

11     Andijon          10        1          5          4          8-15      8

12     AGMK               10        2          1          7          12-18    7

13     Buxoro              10        1          4          5          6-12      7

14     Qo‘qon-1912       10        1          3          6          9-22      6

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 10:25, 28.05.2019.
O'qildi: 2010 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.