Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Kuchli «trio» odimi boshlandi-mi?

Kuchli «trio» odimi boshlandi-mi?

Baho:
+ | -

«Paxtakor» OCHL alamini «bechora» AGMKga to‘kib solib, Mirjalol Qosimovni iste’fo haqida gapirishga majbur qildi.

«Lokomotiv» esa Qarshidan 1tagina gol va 3 ochko bilan qaytdi. Shuningdek, «Surxon» o‘z maydonida autsayder - «Qo‘qon-1912»ni bir amallab mag‘lubiyatga uchratdi. «Bunyodkor»ning Bekobodda jonli futbol evaziga ishonchli yutuqqa erishganiyu, «Navbahor» o‘z maydonida «Andijon»ni yengolmaganini ham alohida ta’kidlash kerak.

1-KUN: MEZBON - MEHMON BALANSI

«Dinamo» - «Qizilqum» uchrashuvi shiddat bilan boshlandi va 3-daqiqadayoq mezbonlar darvozasiga penalti belgilandi. Bu vaziyatda Siroj Hamroyev jarima maydoni ichida Elguja Grigalashviliga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi. Lekin jabrlanuvchining o‘zi 11 metrli jarima zarbasidan foydalanolmadi - «duel»da Botirali Ergashev ustun keldi. 7-daqiqada esa mehmonlar hisobni ochishdi baribir. Gol muallifi - Alisher Sanoyev. Oradan ko‘p o‘tmay, «dinamochilar» Qadamboy Nurmetovning sa’y-harakati evaziga muvozanatni tiklashdi. Ikkinchi bo‘lim boshida «Qizilqum» ustunlikni yana o‘z tomoniga og‘dirdi. E’tiborlisi, Alisher Sanoyev yana bo‘limning 7-daqiqasida Botirali Ergashevni dog‘da qoldirdi. Uchrashuvga yakuniy nuqtani qo‘yish zaxiradan maydonga tushgan Amirjon Safarovga nasib etdi. U 75-daqiqada Artyom Makosinning ojiz nuqtasini topdi - 2:2. Zaxiradan safga qo‘shilgan yana bir futbolchi Dilmurod Karimov keyingi hujumdayoq «Dinamo»ni hisobda oldinga olib chiqishi hech gap emasdi, faqat bu vaziyatda «Qizilqum»ni darvoza ustuni goldan qutqardi. Xullas, hujumkor futbolning yakuni - murosa. Darvoqe, Davron Fayziyevboshqaruvidagi «Dinamo» 5ta o‘yindan buyon yutqazmayapti. Samarqandliklar shundan 4tasida durang, 3tasi 2:2 hisobini qayd etishdi.

Joriy mavsum «Qo‘qon-1912»ga shunchaki, omad yetishmayapti. Termizga No‘’mon Hasanovsiz borgan vodiyliklar ortga 1 ochko bilan qaytishlari hech gap emasdi. Biroq bu safar so‘nggi daqiqalarda belgilangan penalti pand berdi. Uni aniq amalga oshirgan Darko Stanoye­vich 3 ochkoni «Surxon» tomon og‘dirdi. Bunga qadar qo‘qonliklar Abdulaziz Yusupovning bosh bilan urgan tezkor goliga Quvondiq Ro‘ziyev - Suhrob Berdiyev kombinasiyasidan chiroyli tarzda javob berishgandi. Umuman, butun vaqt davomida maydonda teng kurash bordi. Ammo yakunda «Qo‘qon-1912» yana bir alamli mag‘lubiyatni tan oldi. Bunisi ketma-ket qayd etilgan 3-omadsizlikdir. Qolaversa, jamoaning g‘alabasiz seriyasi 5ta o‘yinga yetdi. «Surxon» aksincha, qatorasiga 3-g‘alabani rasmiylashtirdi.

«Navbahor» ustozi Andrey Kanchelskis «Andi­jon»ga qarshi kechgan bahsda qayd etilgan durangni mehmonlarning juda ko‘p vaziyatlarda vaqt cho‘zishgani va  saviyasiz hakamlik bilan bog‘ladi. Aslida barchasiga «lochinlar»ning o‘zlari aybdorlar. Zero, ular muxlislarning tinimsiz olqishlari ostida o‘yinni faol boshlashdiyu, qator vaziyatlardan samara chiqarolmadilar. Xususan, Abdujamol Isroilov va Aleksandr Kasyanning zarbalariga aniqlik yetishmadi. Andijonliklar esa 18-daqiqada standart vaziyatdan so‘ng hisobni ochib olishdi. Bunda asosiy ishni «Navbahor»ning ikki sobiq futbolchisi bajardi - Oybek Qilichev burchak zarbasini amalga oshirgach, Ro‘zimboy Ahmedov to‘pni boshi bilan Dilshod Hamroyev darvozasiga yo‘lladi. Tabiiyki, shundan so‘ng mezbonlar hujumkorlikni oshirishdi. Biroq bu harakatlar anchagacha samara keltirgani yo‘q. Faqat 79-daqiqaga kelibgina zaxiradan maydonga tushgan Aziz Ibragimov navbatdagi hujumga mantiqli nuqta qo‘ydi - 1:1. Adolat yuzasidan aytish kerak, «Andijon»ning durang bilan qaytishida darvozabon Vitaliy Mirniy va himoyalar katta rol o‘ynashdi. To‘g‘ri, so‘nggi daqiqalarda to‘p mehmonlar vakili qo‘liga tekkan vaziyat uchun penalti belgilaganida «Navbahor» 2ta durangdan so‘ng g‘alabani tantana qilardi. Lekin Ahrol Risqullayev «nuqta»ga ishora qilmadi va «lochinlar» qatorasiga 3-o‘yinda 1 ochko bilan cheklanishdi.

«Bunyodkor»ga yana olqishlar! Vadim Abramov jamoasi bu safar Bekobodda binoyidek tarkibga ega «Metallurg»ga imkoniyat qoldirmadi. Alohida ta’kidlash kerak, poytaxtlik yosh, g‘ayratli yigitlar shijoat va tezlikda tajribali raqiblaridan yaqqol ustunlikka erishdilar. Maydon markazida esa faxriy Lutfullo To‘rayev barchasini qat’iy nazorat qildi. Natijada mezbonlar na hujum va na himoyada o‘zlarini ko‘rsata olishdi. Birinchi bo‘limda Nurillo To‘xtasinov olis masofadan zarba yo‘llab, Aleksandr Lobanov darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, tanaffusdan keyin yosh Mirjahon Mirahmadov «Metallurg»ning ikki nafar tajribali markaziy himoyachisiga «ish» qoldirmadi - 0:2. Bundan tashqari, «qaldirg‘ochlar» yana 2-3ta o‘ta xavfli vaziyat yaratishdi. Mezbonlarda esa faqat qo‘shib berilgan vaqtda gol urishga yaqin kelishdi. Lekin shunda ham to‘p darvoza ustuniga tegdi. Xullas, «Bunyodkor»ning mag‘lubiyatsiz odimi 3ta o‘yinga yetdi, qoyil!

 

2-KUN: OCHL ALAMIDAN CHIQISHMI?

«Paxtakor» o‘yin bobida inqiroz ko‘chasiga kirib qolgan AGMKni sira ayagani yo‘q. OCHLdan alamli tarzda chiqib ketgan «sherlar» 5-daqiqadayoq hisobni ochihdi - Jaloliddin Masharipov boshlagan hujum keskin tus oldi va yakunda Igor Sergeev to‘pni Akbar To‘rayev darvozasining pastki chap burchagiga yo‘lladi. Keyin navbat chempionat to‘purari Dragan Cheranga keldi. Serbiyalik futbolchi Igor Sergeev uzatmasidan so‘ng joriy Superligadagi gollari sonini 10taga yetkazib qo‘ydi. 32-daqiqa: Jaloliddin Masharipov yana assistent rolida, gol muallifi esa maydonga qaytgan Marko Simich. Ikkinchi bo‘lim boshida AGMK goleadori Zafar Polvonov hisobni qisqartirgan bo‘lsada, maydondagi umumiy manzara o‘zgargani yo‘q. Uchrashuvdagi oxirgi gol faxriy Marat Bikmayev nomiga yozildi. Diqqatga sazovor tomoni uning goliga 21 yoshli Jahongir Ahmadov assistentlik qildi. Seriyalar: «Paxtakor»ning mag‘lubiyatsiz odimi 10ta o‘yinga yetdi (oxirgi 2tasida yirik hisobli g‘alaba), Dragan Cheran qatorasiga 6-uchrashuvda gol urdi, AGMK ketma-ket 3-marta maydonni boshi egik holda tark etdi.

«So‘g‘diyona»ning ishlari joyida, «Buxoro»niki aksincha, tobora ortga ketmoqda. Ikki jamoa o‘rtasidagi o‘yin taqdirini Shohruz Norxonov tomonidan urilgan 2ta gol hal qildi. U birinchi bo‘lim yarmida Sanjar Rashidov uzatgan to‘pni boshi bilan darvozaga yo‘llab, Xurshid Xo‘jayevni ojiz qoldirdi. Tanaffusdan keyin esa individual mahoratini ishga solib, «So‘g‘diyona»ga xotirjamlik bag‘ishladi. Shohruz bunga qadar chempionatda 2ta o‘yinda 1tadan gol urgan va jizzaxliklar ularda 2:1 hisobida g‘alaba qozonishgandi. Mana, endi «dubl» va «So‘g‘diyona» 2ta gol farqi bilan g‘olib. «Buxoro»ning golsiz seriyasi 4ta va g‘alabasiz odimi 6ta o‘yinga cho‘zilganini qo‘shimcha ma’lumot sifatida keltirish joiz.

«Nasaf» o‘z maydonida «Lokomotiv»ga jiddiy qarshilik ko‘rsatgan bo‘lsada, yakunda mag‘lubiyatni tan oldi. Uchrashuvning 21-daqiqasida Temurxo‘ja Abduxoliqov tomonidan urilgan gol final hushtagi yangrashiga qadar yagonaligicha qoldi. Muxlislarning boshqa gol ko‘rishmaganida darvozabonlar - Abduvohid Ne’matov va Javohir Ilyosovning ishonchli harakatlari o‘rni katta bo‘ldi. Ayniqsa, «Nasaf»ning yangi kiperi bir necha chiroyli «seyv»larni amalga oshirdi. Asosiy faktga kelsak, amaldagi chempion ketma-ket 3ta durangdan so‘ng nihoyat, yana g‘alaba ko‘chasiga kirdi.

 

«DINAMO» - «QIZILQUM» - 2:2 (1:1)

Gollar: Qadamboy Nurmetov (14), Amirjon

Safarov (75) - Alisher Sanoyev (7, 52).

 

 «SURXON» - «QO‘QON-1912» - 2:1 (1:1)

Gollar: Abdulaziz Yusupov (10), Darko

Stanoyevich (84-pen.) - Suhrob Berdiyev (22).

 

 «NAVBAHOR» - «ANDIJON» - 1:1 (0:1)

Gollar: Aziz Ibragimov (79) - Ro‘zimboy Ahmedov (18).

 

 «METALLURG» - «BUNYODKOR» - 0:2 (0:1)

Gollar: Nurillo To‘xtasinov (35), Mirjahon

Mirahmadov (65).

 

«PAXTAKOR» - AGMK - 4:1 (3:0)

Gollar: Igor Sergeev (5), Dragan Cheran (17), Marko Simich (32), Marat Bikmayev (76) - Zafar Polvonov (49).

 

 «SO‘G‘DIYONA» - «BUXORO» - 2:0 (1:0)

Gollar: Shohruz Norxonov (26, 65).

 

 «NASAF» - «LOKOMOTIV» - 0:1 (0:1)

Gol: Temurxo‘ja Abduxoliqov (21).

TURNIR JADVALI

№     Jamoa O‘yin     G‘alaba Durang Mag‘lubiyat       T-N       Ochko

1      Paxtakor         10        8          2          0          22-8      26

2      Lokomotiv       10        6          3          1          16-7      21

3      Surxon            10        5          3          2          11-8      18

4      Bunyodkor         10        5          2          3          13-10    17

5      So‘g‘diyona         10        5          0          5          13-15    15

6      Navbahor        10        3          5          2          15-11    14

7      Nasaf  10        4          2          4          14-10    14

8      Dinamo            10        3          5          2          11-11    14

9      Metallurg       10        3          3          4          13-11    12

10     Qizilqum         10        2          4          4          12-17    10

11     Andijon          10        1          5          4          8-15      8

12     AGMK   10        2          1          7          12-18    7

13     Buxoro            10        1          4          5          6-12      7

14     Qo‘qon-1912       10        1          3          6          9-22      6

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 10:26, 28.05.2019.
O'qildi: 4274 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.