Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

Messi Valverdeni klubdan ketkazmoqchi?!

Messi Valverdeni klubdan ketkazmoqchi?!

Baho:
+ | -

«Barselona» omadsiz yakunlangan mavsumdan so‘ng, ko‘plab mutaxassislar Katoloniya klubining ustozi Ernesto Valverdening iste’fosini kutishmoqda. «Barselona» futbolchilari qanday fikrda? Ular murabbiyning ketishi tarafdorimi, yoki qolishi? Savollarga bugun javob izlashga urinib ko‘ramiz.

Pike

Men o‘zimni va jamoamni oqlamoqchi emasman. Biz «Barselona»miz va biz hamma sovrinlarni qo‘lga kiritishimiz shart.  Hozirda Valverdening kelajagi borasida bizda hech qanday hovotir yo‘q. Biz har uchrashuvdan so‘ng o‘z o‘yinimizning o‘sishi uchun xulosalar chiqarishimiz shart. Klubda men hech qanday ovozga ega emasman, biroq uning qolishi tarafdoriman. To‘g‘ri, bu mavsumdagi omadsizlikda uning  ham xizmatlari mavjud. Shunday bo‘lsada, unga yana bir imkoniyat berish kerak deb hisoblayman, biroq qaytarib aytaman-ki, mening qo‘limdan hech narsa kelmaydi va so‘nggi so‘zni rahbariyat aytadi.

Luis Suarez

«Barselona» singari qudratli klub uchun murabbiy bahona bo‘la olmaydi. Agar hamma futbolchilar mas’uliyatni his qilib harakat qilganida hozir Ernesto noqulay ahvolda qolmagan bo‘lar edi. Biz 2 mavsumdan beri klubimiz darajasidagi futbolni namoyish eta olmayapmiz. Qilingan qo‘pol xatolardan xulosa chiqarish o‘rniga, qayta-qayta qoqilmoqdamiz. «Barselona» klubini kim boshqarishidan qat’iy nazar u klub darajasidagi murabbiy bo‘lsa, nur ustiga a’lo nur bo‘lar edi.

Serhio Buskets

«Barselona» o‘z obro‘sini yo‘qotib qo‘ydi. Bundan bir necha mavsum avval biz bir-birimizga juda yaqin o‘ynar edik va jamoamiz anchagina yig‘inchoq edi. Valverdening kelishi bilan biz o‘zgara boshladik. Balki, Enrike davrida o‘zgarishni boshlagandirmiz. To‘g‘risi, bilamadim. Bu masalani rahbariyat hal qiladi. Shunday bo‘lsada, bu tempda ketishning boshqa iloji yo‘q. Biz o‘zimizga kelishimiz va jamoaviy o‘yini qayta qurishimiz zarur!

Leo Messi

Meni murabbiy va futbolchilarning klubdagi taqdirini hal qiladi deb o‘ylaganlar adashadi. Ba’zan mening fikrim bilan qiziqishadi ba’zan esa yo‘q. Har doim hal qiluvchi qarorni klub mutasaddilari qabul qilib kelishgan va shunday bo‘lib qoladi. Valverde yaxshi murabbiy, biroq bizga hammasini o‘zgartirib yubora oladigan kuchli mutaxassis suv va havodek zarur!

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:02, 28.05.2019.
O'qildi: 9684 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.