Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche 2-2 Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem 2-1 Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted 2-1 Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo 2-1 Atalanta
01/03 19:00 Brayton 2-1 Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 1-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya - Osasuna
01/03 21:30 Arsenal - Chelsi
01/03 22:00 Torino - Lasio
01/03 22:30 Betis - Sevilya
02/03 00:45 Roma - Yuventus
02/03 01:00 Jirona - Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya

Bugungi super final haqida!

Bugungi super final haqida!

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, bugun katta futbol bayrami. Yevropa Ligasi finalida ikki ingliz klublari to‘qnash keladi va chempionlik uchun daxshatli futbol namoyish etishadi degan umitdamiz. Bugun bu uchrashuv atrofidagi va ichidagi eng qiziq va so‘nggi ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashamiz.

«Chelsi»ning asosiy tarkibi (Taxminiy)

Kepa, Aspilikueta, Kristenson, David Luis, Alonso, Kovachich, Jorjino, Barkli, Pedro, Jiru, Azar

O‘yinni o‘tkazib yuboradiganlar:  Loftus-chik,  Ampadu,  Hudson-odoi, Ryudeger

Savol ostida turganlar: Ngola Kante, Kexill

«Arsenal»ning asosiy tarkibi (Taxminiy)

Chex, Kolashinats, Koselni, Papastatopulos, Mustafi, Meytlend-Nayls, Djaka, Torreyra, Obomiyang, O‘zil, Lyagazett

O‘yinni o‘tkazib yuboradiganlar:  Aaron Remziy, Denis Suarez, Ektor Belerin, Xolding, Mxitaryan

Savol ostida turganlar: Uelbek

Uchrashuvda kutilayotgan qiziqarli voqealar

Kristiyensen va David Luis - Obomiayang va Lyagazett

Bu mavsumni ajoyib o‘tkazayotgan «Arsenal» hujumchilarining statistikasiga havas qilsa, arziydi. Ular bu musobaqaning 14 ta uchrashuvida 13 gol va 5 ta pasni ijro etishgan. Gabonlik hujumchi himoyachilarga muammo bo‘lsa, fransuz vaziyatlardan foydalanish borasida tengsiz. Ularga qarshi bugungi o‘yinda Kristensen( u mavsum boshidan beri asosiy tarkibda) va David Luis juftligi harakat qiladi. Bu uchrashuvning natijasi katta ehtimol bilan mana shu tandemlarning qanday o‘yin ko‘rsatishiga bog‘liq. Qaysi juftlik yaxshiroq o‘ynasa, o‘sha futbolchilarning jamoasi chempionlikni qo‘lga kiritadi.

Mutaxassislar fikri

Den Taker:
 

So‘nggi 10 yillikda «Chelsi» xalqaro g‘alabalarga ko‘nikib qoldi. Ular 2013-yil Amsterdamda o‘zlari ishtirok etgan ilk Yevropa Ligasi finalida g‘alaba qozonishgani tahsinga sazovor. Aynan o‘sha g‘alaba qozongan jamoaning o‘zagi hozirda tarkibda. Azar, Aspilikueta, Luis singari yetakchi futbolchilar ilk daqiqalardanoq maydonda o‘zlarini ko‘rsatishlari shart! Ularning tajribalari birorta sovrinni qo‘lga kiritmagan Sarrining ilk g‘alabasida qo‘l kelishi mumkin!

Jon Atkin :

«Kononirlar»da sovrinlarning soni juda ko‘p. Ular 13 bor APLda, 13 bor Angliya kubogida va 2 bor Liga kubogida zafar quchishgan. Bundan tashqari, 1994-yilda jamoa «Kubok egalari kubogi» sovrinini ham qo‘lga kiritgan. «Arsenal» ustozning hisobida 3 ta «Evropa Liga» bosh sovrini mavjud. Bu omil final uchrashuvida katta rol ijro etishi mumkin!

Bosh murabbiylarning o‘yin oldi fikrlari:

Sarri:

Odatda biz «Arsenal» bilan ochiq futbol namoyish etamiz.  Raqibimizda ikkita ajoyib hujumchi bor. Ular hujum chizigida ajoyib o‘yin ko‘rsatib kelishmoqda.  «Arsenal» agressiv futbol namoyish etib kelmoqda. Shuningdek, ular pressingda ham juda faol.
To‘g‘risi, biz bu turnirdan YCHLda ishtirok etish maqsadida foydalanmadik. Shunchaki, APL orqali bu musobaqada ishtirok etdik va ilk sovrinimizni qo‘lga kiritish maqsadida odimladik. Bu final biz uchun juda muhim va «Chelsi» bu sovrinni qo‘lga kiritish uchun haqli.

Unay Emiri :

Mavsum boshida futbolchilarga har bir turnida g‘alaba uchun maydonga tushishimiz zarurligini tushuntirdim. Shunday bo‘lsada, bazi futbolchilar APL uchrashuvlarida maydonga tushishni avzal ko‘rishdi. Mayli, bu ularning hohishi, biroq kimning maydonga tushishini doimo men hal qilaman. Turnir boshida APLni avzal ko‘rgan futbolchilar final oldidan oldimga kelib: «mana men finalga tayyorman», - deyishsa, ularga fikrim o‘zgarmaydi desam, adashgan bo‘laman! Biz uchun bu sovrinning qiymati juda baland! Men final oldidan hech qanday tahmin qilishni istamayman. Shunchaki, g‘alaba qozonamiz va bo‘ldi!

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, bu mavsumda bu jamoalar ikki bor to‘qnash kelishgan. «Chelsi» o‘z uyida 3:2 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, «Arsenal» 2:0 hisobida zafar quchgan. Bu uchrashuv ularning bu mavsumdagi 3-to‘qnashuvi bo‘ladi!

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:18, 29.05.2019.
O'qildi: 5119 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.