Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

U baribir ketadi yoki yana Grizmann atrofidagi «savdo»lar xususida

U baribir ketadi yoki yana Grizmann atrofidagi «savdo»lar xususida

Baho:
+ | -

Fransiyalik hujumchi Antuan Grizmann kelgusi mavsum «Atletiko» sharafini himoya qilmasligini bildirdi.

Futbolchi bu qarorni o‘z oldiga yangi maqsadlar qo‘ygani bilan izohladi. Poytaxt klubi muxlislari bunga javoban jahon chempioniga «matraschilar» libosini boshqa kiymaslikni taklif etishdi. OAVning xabar berishicha, Grizmann faoliyatini «Barselona»da davom ettiradi. Kataloniyaliklar uning uchun 120 mln. yevro berishga tayyorlar.

Yaqinlashib kelayotgan yoz faslida Yevropadagi transfer bozori zerikarli bo‘lmasligi hozirdanoq tayin. Antuan Grizmanning «Atletiko»ni tark etishi haqidagi xabar esa bu fikrning yana bir isbotidir. Fransuzning biror-bir top-klubga o‘tishi bilan bog‘liq gap-so‘zlar bir necha oydan buyon yangrayotgan bo‘lsada, futbolchi va uning klubi ushbu ma’lumotlarni rad etib kelayotgandi. Biroq 14 may kuni Grizmann rasmiy murojaat bilan chiqib, klub muxlislarini ranjitdi, zero, hujumchi bir necha oy muqaddam madridliklar bilan shartnomani uzaytirgandi. Go‘yoki, u uzoq yillar jamoa yetakchisi bo‘lib qoladigandek edi. «Men bilan hamisha iliq munosabatda bo‘lgan Diyego Simeone, rahbariyat va klubning boshqa a’zolari bilan gaplashgach, ketishga qaror qildim, yangi chaqiruvlarga tayyorlanib, o‘z oldimga yangi maqsadlar qo‘ydim. Bunday qarorga kelishim oson bo‘lmadi, ammo shunday qilishim shartligini sezib turibman», - futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltirdi «Atletiko» matbuot xizmati.

Forvard shuningdek, klubda ajoyib davrni boshdan kechirganini ta’kidladi. «Mazkur jamoada ilk sovrinlarimni qo‘lga kiritdim va buni hech qachon unutmayman. So‘nggi besh yil ajoyib o‘tdi, rohatlandim. Maydonda bor kuchimni sarf­ladim, birga suratga tushishni xohlagan muxlislarni hech qachon inkor etmadim, stadionga tashrif buyurganlarga yoqimli damlar ulashishga intildim. Barchangiz umrbod qalbimda qolasiz», - deya qo‘shimcha qildi Grizmann.

Antuanning qarorini «Atletiko» muxlislarining faol qismi to‘g‘ri tushunmadi. Xususan, Frente Atletico guruhi fransuzning murojaatiga qat’iy javob qaytardi: «Umid qilamizki, «Atletiko» libosida boshqa bir daqiqa ham o‘ynamaysan, - deb yozishdi fanatlar «Tvitter»dagi sahifada.

Grizmanning rasmiy bayonotidan keyin Simeone ham shogirdi haqida fikr bildirdi. «Antuan bizning sardorimiz, uning kelajagi haqidagi gap-so‘zlarga e’tibor bermayman. Uning yana ikki yillik shartnomasi bor. Agar aniq ketmoqchiligini bilganimda, u haqda yaxshi gaplar aytmagan bo‘lardim», - dedi murabbiy Salciomercato vakillariga bergan intervyusida.

Jahon chempioni uchun 120 mln. yevro

Grizmanning «Barselona»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlar yil boshida paydo bo‘lgan, OAVda bir-birini inkor etadigan turli ma’lumotlar tarqalgandi. Misol uchun, 26 martda kataloniyaliklar fransuzning transferidan butkul voz kechishgani aytildi. Bir-ikki kundan keyin esa sportga ixtisoslashgan nashr­larda Antuan Kataloniyaga ko‘chib o‘tish uchun maoshining kamayishiga ham rozi ekanligi bildirildi. Futbolchining o‘zi esa shaxsiga taalluqli gap-so‘zlardan charchaganini ta’kidladi.

Har ikki klub «qarta»larni ochishmadi. «Barselona» prezidenti Xosep Mariya Bartomeu ushbu hujumchi bilan muzokara o‘tkazilmayotgani, ammo fransuz ajoyib futbolchi ekanligini ta’kidladi. O‘shanda u keyinchalik ham Primerada Grizmanning o‘yinidan bahra olishni xohlashini aytgandi. O‘z navbatida, «Atletiko» rahbari Enriko Sereso futbolchining amalda shart­nomasi borligini eslatdi.

O‘tgan yilning yozida Antuanning «Atletiko»dagi avvalgi shartnomasi yakunlanayotganda «Barselona» unga taklif bilan chiqqandi. So‘nggi pallagacha hujumchining rozi bo‘lgan yoki bo‘lmaganligi noma’lumligicha qoldi. Shunga qaramay, iyun oyi o‘rtalarida - Rossiyadagi jahon chempionati startidan so‘ng - madridliklar Antuan bilan amaldagi shartnomani 2023 yilgacha uzaytirishgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. O‘shanda Ispaniya matbuoti Grizmanning tovon puli 200 mln. yevrodan 120 mln. yevrogacha tushirilishiga urg‘u bergandi. Shu tariqa, istalgan klub mazkur summa evaziga fransuzning transfer huquqini sotib olishi mumkin edi.

Tungi soat uchda rafiQasini uyG‘otdi...

Hozircha Grizmanning yangi jamoa­si bilan bog‘liq rasmiy ma’lumot yo‘q, ammo ispaniyalik muxlislar hujumchi «Barselona» tufayli Madridni tark etishni xohlaganiga shubha qilishmayapti. Garchi fransuz bir yil avval kataloniyaliklarga rad javobini bergan bo‘lsada, bundan unchalik xursand emasligini yashirmagandi. «Barselona»ga o‘tishdan voz kechish faoliyatimdagi eng murakkab qaror bo‘ldi. Ushbu masalani muhokama qilish uchun rafiqamni tungi soat uchda uyg‘otishimga to‘g‘ri keldi», - degandi jahon chempioni o‘z intervyusida.

Antuan «Atletiko»da besh yil to‘p surdi, ammo shu vaqt mobaynida atigi uchta sov­ringa ega chiqdi. Simeone shogirdlari Ispaniya chempionligini Grizmannsiz qo‘lga kiritishgan, 2013 va 2016 yillarda Chempionlar Ligasi finaliga qadar yetib borishgan bo‘lsada, ushbu turnirda zafar quchish nasib etmagandi. Ehtimol, «matraschilar»ning asosiy yevrokubokning joriy mavsumidagi omadsiz ishtiroki Antuanni Madriddan ketishga undagandir?! Madridliklar 1|8 finalning dastlabki uchrashuvida «Yuventus»ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishganiga qaramay, javob bahsida yirik hisobda yutqazib, musobaqani tark etishdi.

Fransiyalik hujumchi martda 28 yoshni qarshiladi, demakki, yuqori darajada to‘p surish uchun vaqti ko‘p emas. Shunday ekan, yangi chaqiruvlarni qabul qilishga tayyorligini to‘g‘ri tushunish mumkin. «Barselona»ga esa hujumda yangi «qon» ziyon qilmaydi, axir Luis Suares va Lionel Messining yoshi 30dan oshdi, navqiron Usmon Dembele va Malkom esa yetarli darajada barqaror emaslar. Grizmann evaziga Ernesto Valverde sayyoramizdagi eng kuchli hujumkor uchlikni yaratib, Yevropaning klublar o‘rtasidagi bosh sovriniga ega bo‘lmoqchi. Boz ustiga, «Barselona» Neymarning o‘rnini bosadigan futbolchini hali-hamon topganicha yo‘q. Aynan 28 yoshli fransuz ushbu o‘rinni munosib to‘ldirishi ehtimoldan xoli emas.

Grizmanning kataloniyaliklar safini to‘ldirishiga deyarli hech kim shubha qilmayotgan bo‘lsada, ayrim matbuotchilar uni boshqa klublarga «bichishmoqda». Misol uchun, Antuanga «PSJ» ham qiziqmoqda. Parijliklar shu tariqa yoshi o‘tib qolayotgan Edinson Kavanining o‘rnini to‘ldirishmoqchi. Ammo bu transferning amalga oshishiga ishonish qiyin, zero «PSJ»da moliyaviy «feyr-pley» bilan bog‘liq muammo bor. Ya’ni, qimmatbaho futbolchini sotib olish uchun kimnidir sotishlariga to‘g‘ri keladi.

Grizmanni «Barsa»da muammo kutmoQda

Garchi «Barselona» futbolchilari bir yil avval fransuz bilan bir safda to‘p surishni orzu qilgan bo‘lsalarda, uning og‘zaki kelishuvni buzib, Madridda qolganidan ranjishdi. Shu bois, «ko‘k-anorranglilar» yetakchilari ushbu transferga qarshi chiqishni ham o‘ylab qo‘yishgandi. «Barsa»da Messi boshchiligidagi yulduzlarning hattoki, bosh murabbiy Ernesto Valverdeni ham «qo‘lga olishgani»ni inobatga olsak, voqealar shunday rivojlanishi ehtimoli yo‘q emas. Bu esa Antuanning jamoaga kirishib ketishiga to‘sqinlik qilishi turgan gap.

Tushunarliki, «Barselona» rahbariyati Grizmanning hujumda yetakchi o‘rinni tutishiga umid qilmoqda, chunki fransuz oldingi chiziqning istalgan nuqtasida birdek barqaror o‘ynay oladi. Mazkur holatda barchasi bosh murabbiyga bog‘liq bo‘ladi, u xoh Valverde bo‘lsin, xoh boshqasi. Bosh­qaruv qaysi mutaxassis qo‘liga o‘tishidan qat’iy nazar, «Barselona» 4-3-3 sxemasidan voz kechmasa kerak. Bunday taktikada eng oldingi chiziqdagi joyni Suares band etgan, o‘ngda esa Messi yoki jamoa uchun 40 mln. yevroga tushgan Malkom o‘ynaydi. Qo‘shimchasiga, Usmon Dembele ham har ikki qanotda o‘zini erkin his qiladi.

«Barsa»da Grizmannga joy yo‘Q...mi?

Natijada, ikkita variant qoladi - yo Grizmann chap qanotga o‘tadi yoki Messi ichkariroqqa o‘tib, uning pozisiyasini Malkom yoki Dembeledan biri egallaydi. Argentinalik hujumchining yoshi va tajribasi, uning tezligini biroz yo‘qotganidan kelib chiqsak, so‘nggi variantning amalga oshishi haqiqatga yaqin, albatta, agar Leoning o‘zi bunga ko‘nsa. Boshqa tomondan, Suares Messining o‘rnini egallab, shu tariqa markazdagi joyini Grizmannga bo‘shatib berishi mumkin. Aks holda, Antuan chap qanotdagi joy uchun hamyurti bilan kurashishiga to‘g‘ri keladi, garchi bu pozisiya uning uchun qadrdon bo‘lmasa ham. «Atletiko»da 2016 yildan buyon bu chiziqda o‘ynamagandi.

4-3-3 taktik sxemasida hujumchi ortidagi joy inobatga olinmagan. «Atletiko» (1995-1998, 1999 va 2000 yillar) va «Barselona» (2003)ning sobiq bosh murabbiyi Radomir Antich o‘z kuzatuvlaridan kelib chiqib, ushbu masala yuzasidan fikr bildirdi: «Grizmann - pleymeyker, «Barselona» esa yarim himoyachilarsiz o‘ynaydi. Agar Antuan Kataloniya klubiga transfer qilinsa, uning zaxira o‘rindig‘ida qolib ketishi muqarrar, chunki u yerda unga joy yo‘q».

«Atletiko»dagi asosiy rolni «Barselona»dagi zaxira o‘yinchisi maqomiga almashtirish to‘g‘ri bo‘ladimi? Juda jiddiy savol. Ammo Grizmann qarorini qabul qilib bo‘ldi - faoliyatining so‘nggi kunigacha qishloqda yetakchi bo‘lishdan ko‘ra, shaharda so‘nggi o‘rinda turishni afzal bilmoqda. Ortga yo‘l yo‘q. Boz ustiga, Madrid klubi fanatlari uning manziliga nafratli so‘zlarni aytib ulgurishdi: «Endi «Atletiko» libosida boshqa bir daqiqa ham o‘ynamaysan, degan umiddamiz».

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 14:41, 30.05.2019.
O'qildi: 4017 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.