Avval xabar berilaganidek, bugun "Bunyodkor" akademiyasi binosida Superliga va PRO-ligada faoliyat yuritayotgan hakamlar uchun navbatdagi seminar tashkil qilindi.
O‘FA Hakamlar va nazoratchilar departamenti tomonidan har bir turdan keyin o‘yinlarda ishlagan hakamlarning hatti-harakatlari tahlil qilib borilmoqda. Bugun ham O‘FA mutaxassislari tomonidan so‘nggi turda hakamlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolar ko‘rsatib o‘tildi va keyingi o‘yinlarda bu xatolarni takrorlamaslik uchun nimalarga ahamiyat qaratish zarurligi ta’kidlandi.
Seminarda ko‘plab ommaviy axborot vositalari vakillari ham ishtirok etganini ta’kidlab o‘tish zarur. Ular o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan hakamlarga va mutaxassislarga murojaat qilishdi. Qizg‘in bahsu munozaralar asosida kechgan ochiq muloqot ko‘rinishidagi yig‘ilishda ko‘plab muhim ma’lumotlar bildirildi.
Seminar davomida yig‘ilganlarga turli videolavhalar namoyish qilinib, ularning bilim va ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi. Shuningdek, o‘yin qoidalariga kiritilgan ba’zi juz’iy o‘zgarishlar haqida ma’lumot berildi.
Mourinyo Rodrining «Barselona»ni tanlaganiga munosabat bildirdi [4350]
«Real» yozgi transfer oynasida 24 ta bitimni amalga oshirdi, yana to‘rttasi kutilmoqda [3237]
«Arsenal» yarim himoyachisi «Barselona» yoki «Real»ga o‘tmoqchi [3165]
Rodrining transferi barbod bo‘lgach, "Real" e’tiborini "Yuventus" yarim himoyachisiga qaratdi [3146]
«Barselona»ga qimmatlik qilgan talant: «MYU» ispaniyalik iqtidor transferini hal qilmoqchi [2832]
«Real»ning 2026/27 yilgi mavsum uchun asosiy tarkibi ma’lum bo‘ldi [2803]
«Chelsi» sotishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi [2740]
Diomande APLga o‘tishga yaqin [2691]













