Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

Asror Aliqulov: «Superliga klubiga munosib qarshilik ko‘rsatishga urindik»

Asror Aliqulov: «Superliga klubiga munosib qarshilik ko‘rsatishga urindik»

Baho:
+ | -

Liga kubogi guruh bosqich 1-turi doirasidagi “Mash’al” – “Andijon” uchrashuvidan so‘ng mezbonlar jamoasi murabbiyi Asror Aliqulov quyidagicha fikr bildirib o‘tdi: 

- Ushbu uchrashuvga biroz qisqa vaqt davomida hozirlik ko‘rgan edik. Lekin shunday bo‘lsa-da, Superliga klubiga munosib qarshilik ko‘rsatish niyatida edik. Superliga va Pro liga jamoalari ko‘rsatadigan o‘yin tempida farq borligi sabab uchrashuv boshida xatoga yo‘l qo‘ydik va raqib bizni jazoladi. Lekin bugun barcha futbolchilarimiz maydonda bor mahoratini ko‘rsatishga harakat qilishdi. Balkim hamma ham o‘zining to‘liq potensialini namoyish etmagandir, ammo bugun yigitlar yomon o‘ynashmadi. O‘yin davomida gol o‘tkazib, hisobni tenglashtirishga urindik. Pro-ligada o‘yinimiz borligi sabab bugun ba’zi o‘yinchilarni maydonga tushirmay, ularga dam bergan edik. Balkim shu ham yakuniy natijaga ta’sir o‘tkazgandir, - dedi mutaxassis. 

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 10:27, 02.06.2019.
O'qildi: 2405 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик