Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Raul De Tomas: «Avval «Real»ga qaytay, qolganini vaqt ko‘rsatadi»

Raul De Tomas: «Avval «Real»ga qaytay, qolganini vaqt ko‘rsatadi»

Baho:
+ | -1

Raul De Tomas hamisha o‘ziga talabchan bo‘lgan. «Rayo Valyekano»dagi faoliyati orqali u haqiqatan ham kerakli futbolchi ekanligini isbotladi.

Ayni payt unga bir nechta klublardan takliflar bor. Ammo Raulning asosiy maqsadi - «Bernabeu»da o‘ynab, bolalikdagi kumiri Zayniddin Zidanning ishonchini qozonish.

- Kelasi mavsumda «Rayo»da o‘ynamasligingiz mumkin. Bu jamoa haqidagi fikrlaringiz qanday?

- Bu yerda o‘zimni uyimdagidek his qildim. Jamoa borasida yaxshi xotiralar qoldi. Haqiqatan ham «Rayo»da o‘ynashni istagandim va bunga erishdim. Yaxshi voqealar bilan birga noxushlari ham bo‘ldi. Lekin bu biz uchun bir saboqdir. O‘tgan yili Primeroga chiqishni uddalagandik. Bu yil esa yana tushib ketdik. Xatolarimizdan saboq olib, oldinga qadam tashlashda davom etishimiz lozim.

- Garchi «Rayo» mavsumni bo‘sh o‘tkazgan bo‘lsada, siz o‘zingizni ko‘rsata oldingiz. Bundan ham muhimi bo‘lishi mumkinmi?

- Asosiysi - jamoa. Agar bu tennis bo‘lganida, muhim bo‘lishi mumkin edi. Lekin futbol individual sport turi emas. To‘g‘ri, o‘zimning individual harakatimdan qoniqish hosil qilishim mumkin. Lekin bu harakatlar jamoaviy muvaffaqiyat keltirmasa, undan nima naf?

- Jamoa hujumida o‘zingizni yolg‘iz his qilmadingizmi?

- Balki shundaydir. Ammo o‘yinning borishi shuni taqozo etdi. Ayrim vaziyatlarda yaxshi jamoaga aylandik, ba’zilarida esa buning aksi kuzatildi. Bizda yomon epizodlar bilan birga yaxshilari ham bo‘ldi. Primeroda qolish uchun har bir o‘yinda kamida 80 daqiqa birdamlikda harakat qilish kerak. Ammo bu quyi divizionga tushib ketganimizning asosiy sababi emas.

- «Kastilya», «Kordova», «Valyadolid», «Rayo»... Keyingi jamoangiz qaysi bo‘lishi mumkin?

- Primeroda o‘ynashda davom etishni istayman. Ko‘p yillar elitada to‘p surish muhim ahamiyat kasb etadi. Umid qilamanki, La Ligada yana ko‘p yillar faoliyat yuritaman.

- «Real»da o‘ynashga tayyormisiz?

- Albatta.

- Nima deb o‘ylaysiz, Zidan sizga ishonch bildiradimi?

- Agar bilganimda, folbinlik qilardim. Bilganim shuki, «Real»ga qaytishim lozim. Chunki jamoa bilan hali shartnomam bor. Keyin nima bo‘lishini esa vaqt ko‘rsatadi.

- Zidan bilan hali gaplashmadingizmi?

- Yo‘q.

- Agar o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmasangiz, xuddi o‘tgan yildagidek ijaraga ketasizmi?

- Hozircha hech nima bilmayman. Eng avvalo, «Real»ga qaytib olay. Keyin bir gap bo‘lar.

- Madrid kanteranosi bo‘lish qiyinmi?

- Unchalik emas.

- Katta klublar o‘z o‘yinchilarini qimmatga sotishsa, kichik jamoalar arzonga sotishga majburlar...

- Xuddi shunday. «Real» jahonning eng yaxshi klubi. Boshqasini bu jamoa bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Shunday ekan, ular o‘z o‘yinchilarini ko‘proqqa sotishadi.

- Mavsumoldi yig‘iniga qanday borasiz? Maqsadingiz nima?

- Birinchi navbatda yaxshi dam olaman.

- Mavsum uzoqdek tuyuldimi?

- Ha. Ayniqsa, ishlar yurishmay tursa. Bu mavsum biz uchun qiyin kechdi.

- Bolaligingizda qaysi futbolchilardan o‘rnak olishni istagansiz?

- Zidan kumirim bo‘lgan. Garchi uning pozisiyasida o‘ynamasamda, o‘yinlari yoqardi. Hujumchi sifatida esa Krishtianu Ronalduga havas qilganman. Shuningdek, Karim Benzemaning o‘yinlari ma’qul bo‘lgan. Xullas, o‘rgansam arziydigan futbolchilar ko‘pchilikni tashkil qiladi.

Manba: IFF
Kiritildi: 10:26, 03.06.2019.
O'qildi: 6210 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.