Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Yurgen Klopp uchun sovg‘a

Yurgen Klopp uchun sovg‘a

Baho:
+ | -

Bugungi kunning eng so‘nggi va eng muhim ma’lumotlari bilan tanishtirishda davom etamiz

Eriksen mash-mashasi

Daniyalik futbolchining transferi borasidagi mish-mishlar ko‘payganidan ko‘payib bormoqda. Bugun «Marca» nashri aynan shu mavzuga oid yangiliklarni e’lon qildi. Unda aytilishicha, tomonlar transfer summasini kelisha olishmayapti. «Real Madrid» 28 yoshlik futbolchi uchun 70 milliondan ortiq pul berishni ismayapti. O‘z navbatida «Tottenhem» bosslari ham Eriksenni 100 milliondan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas!

Gvardiola Valverde uchun hursand

Bizning do‘stligimizni hisobga olmasdan shuni aytishim mumkinki, uning klubda qolgani yaxshi bo‘ldi. To‘g‘ri, u YECHL va kubok uchrashuvlarida omadsizlikka uchradi, biroq bunday voqealar hammamiz bilan bo‘lib turadi! Shuni unutmaslik kerakki, u boshqarayotgan jamoa 2 mavsumdan beri Ispaniya chempionligini hech kimga bermay kelmoqda! «Barselona»  uning uslubidan foydalanishda davom etsa, bu o‘z mevasini bermay qolmaydi!

«Benfika»ning nishoni o‘zgardi!

Xabaringiz bor, Portugaliyaning «Benfika» klubi  «Barselona»ning ikkinchi darvozabonini harid qilish niyyatida edi. Afsuski, bu transfer amalga oshmaydigan bo‘ldi. Sababi, «Barselona» darvozaboni uchun 60 million yevro talab qilgan. Asosan futbolchilarini top klublarga sotib daromad oladigan Portugaliya klublari uchun darvozaboni 60 millionga xarid qilishning iloji yo‘q ekanligi kundek ravshan.
«Benfika» rahbarlari nomdor darvozabonni harid qilish maqsadidan qaytishmadi va o‘z nishonlarini Keylor Navasga o‘zgartirishdi. Navas uchun ulardan tashqari «Roma», «Portu» singari klublar jiddiy qiziqish bildirgani haqida avvalroq xabar bergan edik.

Yurgen Klopp uchun sovg‘a

«Liverpul» rahbarlari murabbiyning YECHLdagi g‘alabasidan so‘ng unga o‘z minnatdorchiligini bildirish maqadida yangi shartnoma taklif qiladi deb xabar bermoqda «The Guardian» nashri. Unda yozilishicha, Kloppning maoshi ko‘tariladi va dunyoning eng katta maosh oluvchi murabbiysiga aylanadi. Bundan tashqari ko‘plab bonus pullari belgilaniladi va Klopp APL va boshqa turnirlarda g‘alaba qozona olsa, uning maoshi avtomatik ravishda ko‘tarilib boradi. Shartnomaning qolgan bandlari hozircha oshkor qilinganicha yo‘q. Eslatib o‘tamiz, Yurgen Kloppning klub bilan tuzgan shartnomasi 2022-yilning yoziga qadar belgilangan!

Manba: Foot Bazza
Kiritildi: 21:07, 03.06.2019.
O'qildi: 10329 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик