Kirish Ro'yxatdan o'tish

Platini «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogarni aytdi

Platini «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogarni aytdi

Baho:
+ | -

UEFA sobiq prezidenti Mishel Platini «Oltin to‘p» uchun kurash qaysi futbolchilar o‘rtasida kechishi haqida o‘z fikrini aytib o‘tdi.

«Nazarimda, Lionel Messi – asosiy nomzod. Undan keyingi pog‘onada Krishtianu Ronaldu kelmoqda. Lekin hali oldinda muhim musobaqalar bor. Yakunlangan mavsumda Messi o‘yin saviyasi bo‘yicha barchadan ustun bo‘ldi.

Mbappe? U Messi va Ronalduning izdoshi bo‘lishi mumkin. U menga Ronaldoni yodga solmoqda. Muvaffaqiyatga erishish uchun unda barcha xislatlar bor. U Fransiyaning eng yaxshi futbolchisi», – dedi Platini.

Eslatib o‘tamiz, 2018/19 mavsumda Messi «Oltin butsa» sohibi va Yevropa chempionlar ligasining eng yaxshi to‘purariga aylandi. Mbappe esa Fransiya chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.

Manba: bombardir.ru
Kiritildi: 14:06, 04.06.2019.
O'qildi: 13919 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик