Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Eriksen «Real»dan taklif kutayotganini yashirmadi

Eriksen «Real»dan taklif kutayotganini yashirmadi

Baho:
+ | -

«Tottenxem» yarim himoyachisi Kristian Eriksen tan olib aytishicha, klubni tark etib, o‘zini kuchliroq jamoa safida sinab ko‘rmoqchi.

«Barchasi uchun «Tottenxem»ga o‘zimning chuqur minnatdorchiligimni bildiraman. Shuningdek, o‘zimni yangi jamoada sinab ko‘rish niyatim borligini ma’lum qildim.

Umid qilaman, mazkur yozda bu niyatim amalga oshadi. Hozircha rejam shunday. Futbolda nima yuz berishini oldindan aytish qiyin. Barchasi kutilmaganda ro‘y berishi ham mumkin. Barcha transfer tez amalga oshishini istaydi. Ammo futbolda vaqt kerak.

Bu Daniel Levi («Tottenxem» vakili)ga bog‘liq. Shuningdek, boshqa jamoadan taklif tushishi lozim. Yoki men muzokara stoliga o‘tirib, yangi shartnomani muhokama qilishim lozim. Bular qachon amalga oshishini bilmayman.

"Tottenxem"da barcha narsa meni qanoatlantirmoqda, deb ayta olmayman. Agar ketishimga to‘g‘ri kelsa, umid qilaman, bu oldinga tashlangan qadam bo‘ladi.

«Real»? Bu oldinga tashlangan qadam. Lekin madridliklar «Tottenxem»ga qo‘ng‘iroq qilib, "biz Kristianni sotib olmoqchimiz", — deb aytishlari kerak. Menga ma’lum bo‘lishicha, "Real" hali bu ishni qilmadi.

Bu oson amalga oshadigan ish emas. Agar yaxshi taklif chiqmasa, «Tottenxem»da qolishim ham mumkin. Bunday holatda yangi shartnoma imzolaymanmi? Klub taklif qiladigan shartlarga bog‘liq», – dedi Eriksen.

Eriksenning «Tottenxem» bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 15:54, 05.06.2019.
O'qildi: 6885 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.