Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Ikkinchi polvonimiz ham yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining 3 ta oltin medaliga sazovor bo‘ldi

Ikkinchi polvonimiz ham yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining 3 ta oltin medaliga sazovor bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Fijining Suva shahrida og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati o‘z yakuniga yetib bormoqda. Bugun musobaqaning yettinchi kun dasturida terma jamoamizning umidli vakillaridan biri Akbar Jo‘rayev o‘z ishtirokini yakunladi.

-109 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Jo‘rayev dast ko‘tarishda 182 kg, siltab ko‘tarishda 216 kg va ikki kurash bo‘yicha 398 kg natija qayd etdi. Musobaqada ishtirok etgan sportchilar orasida hech bir atlet hamyurtimizning natijasiga yaqinlasha olmadi va polvonimiz jahon chempionatining 3 ta oltin medaliga sazovor bo‘ldi.

Yoshlar o‘rtasida JCH. Fiji, Suva. 
Erkaklar, -109 kg.
1. Akbar Jo‘rayev (O‘zbekiston) – 398 kg (182 kg + 216 kg)
2. Sangun Xvan (Janubiy Koreya) – 384 kg (174 kg + 210 kg)
3. Daniil Vagaisev (Rossiya) – 381 kg (175 kg + 206 kg)

Ta’kidlash joiz, bu terma jamoamizning musobaqadagi ikkinchi muvaffaqiyatidir. Kuni kecha -67 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Adhamjon Ergashev ham o‘z vazn toifasida jahonda tengsiz ekanligini namoyish etgan edi. Shuningdek, hamyurtlarimiz bu g‘alabalari bilan Tokio Olimpiadasiga ham qimmatli reyting ochkolarini qo‘lga kiritishdi. Akbar Jo‘rayev o‘tgan yili Toshkentda o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi JCHda kumush medal bilan cheklangan edi. Bu yil esa ushbu natijani ortig‘i bilan yaxshiladi.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi hamyurtimizning ushbu g‘alabasi bilan Akbar Jo‘rayevning ota-onasi, ustozlari va barcha muxlislarimizni muborakbod etib qoladi. G‘alaba muborak, azizlar!

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 11:21, 07.06.2019.
O'qildi: 2667 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик