Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Messining kumiri kim? Ronaldunikichi?

Messining kumiri kim? Ronaldunikichi?

Baho:
+ | -

Hozirda ko‘plab yosh futbolchilarning kumiriga aylangan futbolchilar ham qachonlardir bolakay bo‘lishgan va zangori ekrandagi qaysidir futbolchining o‘yinlaridan misilsiz zavq olishgan. Eng qizig‘I shundaki, o‘sha bolakaylarning ba’zilariga o‘z sevgan futbolchisi bilan birga ishlash nasib etdi.
Bugun zamonaviy futbol olamidagi eng mashxur futbolchilarning kumirlari haqida so‘z boradi.

Eden Azar

Belgiyalik futbolchi bundan 2 yil avval «Talksport» nashriga bergan intervyusida o‘z kumiri haqida shunday degan edi: «Men Zayniddin Zidanning o‘yinlarini tomosha qilib katta bo‘lganman. Zidanning maydonda to‘p bilan ko‘rsatgan dribbling va fintlarini albatta ko‘chada yoki mashg‘ulotlarda sinab ko‘rishga urunar edim. Ba’zan to‘pni oldirib qo‘yaverganim uchun jamoadoshlarimdan ham gap eshitganman. To‘g‘risi, u bajargan ayrim driblinglarni haligacha qaytara olmayaman. Shuning o‘ziyoq Zidanning naqadar buyuk futbolchi bo‘lganini bildiradi»
Qiziq a? Endilikda futbolchi o‘z orzusidagi futbolchi bilan bir jamoada ishlash baxtiga muyassar bo‘ladi. Futbolni tushunadigan insonlar uchun bu qanchalar yoqimli holat ekanligini tushuntirish shart emas.

Neymar

Dunyoning eng qimmat futbolchisi sanaladigan Neymar yoshligida Robinoning muxlisi bo‘lganini yashirib o‘tirmaydi. Neymar maydondagi nafis harakatlarini Robinoga taqlid qilish orqali o‘zlashtirganini ham bir necha bor OAVga aytib ham o‘tgan. Eng qizig‘I shundaki, Robino Braziliyaning «Santos» klubini 2002-yilda tark etgan bo‘lsa, Neymar ayani shu klubga 2003-yilda qabul qilanadi. Ko‘p o‘tmay Robino yevropadagi sayohatlarini yakunlab «Santos»ga qaytadi va Neymar o‘z kumiri bilan birga to‘p surish baxtiga sazovor bo‘ladi.
To‘g‘risi uning kumiri kim ekanligini bilish uchun anchagina vaqt sarfladik. Sababi, Neymar so‘nggi 5 yil davomida asosan baland parvoz gaplar bilangina OAVda chiqish qilgan ekan.

Ronaldu

So‘nggi 10 yil davomida Ronaldu ushbu savolga doimo bir hil javob qaytarib kelgan. Uning aytishicha Krish yoshligida hech kimning muxlisi bo‘lmagan va unda kumir ham yo‘q. Vaholanki, futbolchi «Manchester Yunayted»ga o‘tgan chog‘larida ingliz jurnalistlaridan biriga Luish Figu va Rui Kostalarning o‘yinlaridan zavq olib katta bo‘lgani haqida to‘lqinlanib so‘zlab bergan ekan. To‘g‘risi, bu holatga hamma har xil izoh berishi mumkin. Shu sababli, bu mavzuni ochiq qoldiramiz.

Leo Messi

Uni maydondagi fantastik harakatlari va erishgan yutuqlari uchun ko‘pincha Maradonaga qiyoslashadi. Futbolchining o‘zi esa yoshligidan Pablo Aimarning muxlisi ekanligini aytishdan sira tortinmaydi.  Pablo kamtarin va bosiq insonligi uchun ham Messi terma jamoada aynan uni o‘z akasidek ko‘rishini ko‘p bor aytib o‘tgan edi. Ular o‘rtasidagi munosabat haligacha davom etmoqda.
Messi u haqida shunday degan edi:
«Pablo o‘z davrida o‘ta chaqqon va aql bovar qilmas darajada iqtidorli futbolchi edi. Afsuski, uni jarohatlar mutloq sindirdi»

Ibrahimovich

Zlatan o‘z kumiri haqidagi savollarga doimo So‘yloq  deya javob qaytaradi. Darhaqiqat, Ronalda o‘z davrining eng kuchli futbolchisi edi. U maydonda amalga oshirgan ishlarini hozirgi kunga qadar boshqa hech kim uddasidan chiqqanicha yo‘q.
Zlatan o‘zi haqida yozgan «Men Zlatan» nomli kitobida Ronalda haqida shunday degan edi : «U aql bovar qilamas o‘yinchi. Qasam ichaman-ki, men bunaqa futbolchini boshqa ko‘rmasligimni bilaman. Men shu kunga qadar juda oz insonlarnigina o‘zimdan balandga qo‘yganman. U ana shundaylardan biri»

O‘zini hamma narsadan ustun qo‘yuvchi Ibraning bu iqtibosidan so‘ng shuni anglash mumkin-ki, Ronalda haqiqatdan ham tengsiz o‘yinchilardan biri bo‘lgan va shundayligicha juda uzoq muddat odamlarning yodida  qoladi.

Serhio Ramos

Ispaniya futboli va «Real Madrid» klubining afsonasi Serhio Ramos Paolo Maldinining personal muxlisi ekanligini ko‘pchilik bilmasa, ajab emas. Gap shundaki, Ramos har doim ham bu mavzuda suhbatlashishni istayvermaydi. U qanot himoyachisi ampluasini tanlaganini ham aynan Paologa o‘xshashni istagani bilan izohlagan edi. Ramosning tanloviga qoyil qolmasdan ilojing yo‘q!

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:41, 12.06.2019.
O'qildi: 16470 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.