Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Rasman! Davron Shakurbanov O‘zPFL bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi

Rasman! Davron Shakurbanov O‘zPFL bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun O‘zbekiston Professional futbol ligasida navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston futbol assosiasiyasidan Ravshan Ermatov, Avaz Maksumov, Shoakram Isroilov hamda O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligidan Oybek Kasimov ishtirok etdi.

Yig‘ilishda bosh direktor sifatida faoliyat yuritib kelgan Omon G‘ofurovning tashkilot rahbarligidan bo‘shash to‘g‘risida ariza yozganidan so‘ng Professional futbol ligasiga yangi rahbar tayinlash masalasi ko‘rildi.

O‘zPFL Ustaviga ko‘ra, O‘zPFL Ijroiya qo‘mitasi a’zolari tashkilot bosh direktorini tasdiqlashi lozim. Shundan kelib chiqib, O‘zPFL bosh direktori lavozimiga futbol sohasida uzoq yillar mobaynida faoliyat olib borib tajriba to‘plagan Davron Gayratovich Shakurbanov nomzodi tavsiya etildi.

Yig‘ilishda ishtirok etgan O‘FA vise-prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi Ravshan Ermatov Professional futbol ligasining milliy futbolimizdagi eng muhim bo‘g‘inlardan biri ekanini ta’kidlab, O‘zPFLning oldingi rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdi va ushbu mas’uliyatli davrda ish boshlayotgan yangi rahbarga omad tiladi. O‘zPFL Ijroiya qo‘mitasi qaroriga qadar Davron Shakurbanov O‘zPFL bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

Davron Shakurbanov 1972 yil tavallud topgan. Ma’lumoti – oliy. Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. Turli yillarda Toshkent shahar futbol federasiyasida mas’ul kotib, shuningdek, “Bunyodkor” klubida texnik va sport direktori lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 21:43, 17.06.2019.
O'qildi: 3042 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик