Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Transfer olamidagi so‘nggi yangiliklar

Transfer olamidagi so‘nggi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi yangiliklar bilan o‘rtoqlashishda davom etamiz. Bugun e’tiboringizga eng muhim va qiziq yangiliklarni taqdim etamiz.

Joze Mourinyo ishini sog‘inmoqda

Portugaliyalik mutaxassis yangi takliflar uchun ochiq ekanligini ma’lum qildi. Endi Joze o‘zini yangicha uslubda sinab ko‘rish maqsadida. «Marca» nashrining xabar berishicha Benazir endi o‘zini terma jamoa ustozi sifatida ko‘rmoqda.  U qit’a chempionatlari va mundialda o‘z kuchini sinab ko‘rish niyatida. Joze yarim hazil yarim chin bilan Portugaliya terma jamoasi ustozi sifatida jon deb ishlashini qo‘shimcha qilib aytgan.

«Liverpul»ga markaziy himoyachi kerak!

Yurgen Klopp himoyani kuchaytirish maqsadida De Ligtni harid qilish niyyatida ekanligini bundan avvalgi xabarlarimizda e’lon qilgan edik. Futbolchi uchun kurashga «PSJ» kirishgach, qolgan klublarda imkon deyarli qolmadi. Endi «Liverpul» bor e’tiborini «Napoli» klubi himoyachisi Kulibaliyga qaratadi deb xabar bermoqda «It Matino» nashri. Agarda bu transfer amalga oshadigan bo‘lsa, Senegallik himoyachisi eng qimmat himoyachiga aylanishi mumkin. Manbaaning xabar berishicha, «Liverpul» himoyachi uchun 90 million taklif qiladi. Italiya klubi esa himoyachisi uchun 150 million atrofida pul ishlab olish niyyatida yuribdi.

«Manchester Yunayted»ga «Vest Hem» himoyachisi kerak

“«Qizil iblislar» «Vest Hem» himoyachisi Issa Diopning «ishqida yonmoqda» ”, - deya xabar bermoqda «The Sun» nashri. Unda aytilishicha, «Manchester Yunayted» 22 yoshlik fransuzni qo‘lga kiritish uchun transfer summasining bir qismiga Fil Jonsni ham qo‘shib berishni reja qilmoqda. Diopning o‘zi boshqa klubga o‘tishga qarshi emas, biroq uning London klubi bilan tuzgan shartnomasi tufayli klubda qolishga majbur. «Vest Hem» o‘z himoyachisini sotib yuborishni istamayapti. Voqealar rivoji qanday yakunlanishini kuzatishda davom etamiz.

Zidan Neymar uchun Kazimoroni berishga tayyor

«Marca» nashrining xabar berishicha Zayniddin Zidan o‘z jamoasida Neymarni ko‘rish maqsadidan qaytmayapti. Zidan uni qo‘lga kiritish uchun rahbariyatdan pul ajratilishini iltimos qilgan. Parij klubi o‘z yulduzini 220 milliondan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas. Aynan shu sababli, Zidan Kazimironi shartnomaning bir bandiga kiritish orqali transfer summasining kamiyashiga erishmoqchi. Xozirda «PSJ» sifatli markaziy yarim himoyachining hizmatlariga muhtoj. Kazimoro «PSJ» uchun ajoyib tanlov bo‘lishi mumkin. «PSJ» rahbarlari esa, Neymarning ichki muhitni buzayotgani uchun uni sotib yuborishni rejalashtirmoqda. «Real Madrid» Neymarni sotib oladigan bo‘lsa, Pogba transferidan voz kechadi va Iskoga markaziy zonani ishonib topshiradi.

Denisov boshqa klubga o‘tadigan bo‘ldi

“Moskvaning «Lokomotiv» klubi futbolchisi sanaladigan vatandoshimiz Vitaliy Denisov iyul oyida «Rubin» futbolchisiga aylanadi”,-deb yozmoqda «Fotbaal 24» nashri. Manbaaning xabar berishicha, Denisov «Rubin» klubi bilan shaxsiy shartnoma borasida  kelishuvga erishgan va hozirda tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda. «Rubin» sobiq terma jamoamiz o‘yinchisi bilan 2 yillik shartnoma tuzishga juda yaqin turibdi.
Denisovning «Lokomotiv» bilan tuzgan shartnomasi Iyul oyida o‘z yakuniga yetadi va u «Rubin» safiga erkin agent sifatida borib qo‘shiladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:19, 19.06.2019.
O'qildi: 11733 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.