Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas 0-1 Liverpul
05/10 17:00 Espanyol 2-1 Malyorka
05/10 18:00 Udineze 1-0 Lechche
05/10 19:00 Arsenal 3-1 Sautgempton
05/10 19:00 Brentford 5-3 Vulverhempton
05/10 19:00 Lester 1-0 Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem 4-1 Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti 3-2 Fulhem
05/10 19:15 Xetafe 1-1 Osasuna
05/10 21:00 Atalanta 5-1 Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas 0-1 Selta
05/10 21:30 Valyadolid 1-2 Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton 0-0 Nyukasl
05/10 23:45 Inter 3-2 Torino
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor - Dinamo
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina - Fransiya
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:00 Braziliya - Argentina
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

Ronaldu va Sarri mojarosi haqida futbolchilar nimalar deyishmoqda?

Ronaldu va Sarri mojarosi haqida futbolchilar nimalar deyishmoqda?

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, Ronaldu «Yuventus» klubiga «Chelsi» klubi ustozi Sarrining bosh murabbiy etib tayinlanganidan norozi bo‘ldi. U o‘zining so‘nggi intervyularidan birida ochiqchasiga italiyalik mutaxassisni tanqid qildi va jamoadan ketishi mumkinligini aytib o‘tdi. Bugun aynan shu mavzuda «Yuventus» futbolchilarining fikrlari bilan qiziqib ko‘rdik.

Sarri

Menga «Yuventus»dek buyuk klubga ustozlik qilishdek baxt nasib etganidan bag‘oyatda xursandman. Londondagi faoliyatim davomida men faqat uy haqida o‘yladim va endi uydaman! «Yuve»ning yangi mavsumdagi rejalari o‘zgarganicha yo‘q. Biz kelasi mavsum ham hamma turnirlarda g‘olib chiqish uchun jang qilishni boshlaymiz. Ayniqsa safimizda Ronaldudek yirtqich bor ekan, bizga bu ishning uddasidan chiqish anchagina osonroq bo‘ladi. Uning ketishi haqidagi mish-mishlarga e’tibor bermayapman. Sababi, Krishning klub bilan shartnomasi bor va u Italiyada o‘zini yaxshi his qilmoqda. Umid qilamanki, biz u bilan hamma narsa haqida gaplashib olamiz va tushunmovchiliklarni bartaraf eta olamiz.

Leonardo Bonuchchi

Krish bizga hujumkorlik va ruhiy dalda bera olgan birinchi xorijlik futbolchi sifatida xotiramizda abadiy qoladi. U jamoamizdagi barchaning kayfiyatini o‘zining samimiy so‘zlari bilan ko‘tara oladi. Ayniqsa, uning mashg‘ulot o‘tkazishini tomosha qilish zavqli! Har bir mashg‘ulotdan so‘ng uning   qo‘shimcha mashqlarni bajarayotganini ko‘rasan va o‘z-o‘zidan  senda ham qo‘shimcha mashqlar uchun istak uyg‘onadi.  Shunday kunlar bo‘ladiki, uning jismoniy imkoniyatlari oldida hayratda qolamiz. U mashina singari to‘xtovsiz ishlashda davom etadi va shaxsan mening unga bo‘lgan hurmatim cheksiz.  
Ronaldu Sarrining «Yuventus»ga bosh murabbiy etib tayinlanganidan norozi ekanligidan xabarim bor. Men uning xafa bo‘lganini tushunaman. Biz ham huddi u kabi jamoamizning yangi marralarni zabt etishini istaymiz. Shunday bo‘lsada, umid qilamizki, bizning yangi bosh murabbiyimiz o‘zini yaxshi hislatlarini bizga namoyon qiladi.

Kyelini

Men 40 yoshgacha futbol o‘ynay olmasligim mumkin, biroq Ronaldu bemalol buni uddalay oladi. U mashg‘ulotlarga hammadan oldin kelgani uchun  emas, bor kuchi bilan ishlagani sababli buyuk futbolchi bo‘lib yetishgan desam, adashamgan bo‘laman. To‘g‘risi, uning o‘z ustida ishlashi qolganlarni ham mehnat qilishga undamoqda. U Italiyadagi hayot ritmiga tushib oldi. Boz ustiga u Portugaliyani 2 bor qit’ada tengsiz qildi. Ishonamanki, u biz bilan qoladi. Agarda u ketadigan bo‘lsa, biz juda ko‘p narsadan mahrum bo‘lamiz. Shu sabab uning qolishi uchun hamma sharoitni yaratib berish kerak degan fikrdaman!
Agarda Sarri unga kerakli imkoniyatni va vaziyatni yaratib bera olmasa, klubning ishlari orqaga ketishi ham hech gap emas!

Dibala

Men Ronaldu bilan bir jamoada to‘p surayotganimdan xursandman. U chempion! U maydonda bajarayotgan ishlar bir qarashda oson ko‘ringani bilan, aslida juda qiyin! Ba’zida uning qo‘lga kiritgan sovrin va yutuqlariga qarab turib o‘ylab qolaman, shunday kamtarin bo‘lish mumkinmi?
To‘g‘risi, uning kiyinish xonasidagi samimiyligi ko‘plab yigitlarga qo‘shimcha kuch bag‘ishlaydi. Ronaldudan maydonda ham, uning tashqarisda ham ko‘p narsa o‘rganish mumkin. Men qisqa muddatda unga anchagina o‘rganib oldim. U ko‘zlagan maqsadiga yetmaguniga qadar «Yuventus»ni  tark etmaydi. U Turinga YCHLni yutish maqsadida kelgan. Aynan shu maqsadiga yetgachgina boshqa chaqiruvlarni qabul qilishi mumkin.  Sarri haqida esa biron nima deya olmayman. U bizni kutilgan g‘alabaga boshlashi shart, aks xolda biz o‘z yulduzimizni yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin.

Mario Mandjukich

Ronaldu o‘ziga haddan tashqari katta baho beryapti deb o‘ylamang. U shunga loyiq yigit! Men u haqida avvalari ko‘p eshitgan bo‘lsamda, bu qadar psixologik kuchli inson ekanligini bilmas edim. U maydonda ekan, biz bir daqiqaga ham konsentrasiyani yo‘qotmaymiz. Uning ruhan yetuk inson ekanligi jamoaga g‘alaba kaliti bo‘lib hizmat qilishiga ishonchim komil! Sarri bilan bo‘lgan nizo haqida biron nima deyish qiyin. O‘ylashimcha, Ronaldu biroz yon bosishi shart. Sababi, biz Sarrining qanday murabbiy ekanligini yaxshi bilmaymiz. Unga vaqt berish kerak. Ronaldu esa navbatdagi «Oltin To‘p» sovrini uchun yangi mavsumda YCHLni yutishi shart!

Manba: Foot Bazza
Kiritildi: 20:23, 19.06.2019.
O'qildi: 17069 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.