Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Hududiy bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalari o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati 12-tur o‘yinlari anonsi

Hududiy bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalari o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati 12-tur o‘yinlari anonsi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan istiqbolli va iqtidorli futbolchilarni turli yosh toifadagi milliy terma jamoalar hamda professional futbol klublari uchun tayyorlab borish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi huzuridagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bolalar-o‘smirlar futbol akademiyalarining U-14, U-15, U-16, U-17 yoshdagi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida O‘zbekiston Chempionati tashkil etilgan bo‘lib, ertaga 21 iyun kuni ana shu musobaqaning 12-tur o‘yinlariga start berildi.

"A" guruhidagi 12-tur uchrashuvlarida Xorazm viloyati akademiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi akademiyasiga qarshi, Navoiy viloyati akademiyasi Samarqand akademiyasiga qarshi, Qashqadaryo viloyati akademiyasi Buxoro viloyati akademiyasiga qarshi bahs olib boradi. "A" guruhida 12-turda Surxondaryo akademiyasi futbolchilari dam oladi.  

"B" guruhida 12-turda Farg‘ona viloyati akademiyasi Andijon viloyati akademiyasiga qarshi, Sirdaryo viloyati akademiyasi Jizzax viloyat akademiyasiga qarshi, Toshkent viloyati akademiyasi Toshkent shahar akademiyasiga qarshi bahs olib boradi. Bu guruhda 12-turda Namangan viloyati akademiyasi futbolchilari dam oladi.

O‘tkazilgan o‘yinlar natijalari 12-tur yakunlanganidan keyin saytimiz orqali e’lon qilinadi.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 10:20, 21.06.2019.
O'qildi: 2194 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик