Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand 1-0 Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt 7-2 Livan
31/01 17:00 Indoneziya 1-1 Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston 3-2 Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza 1-3 Sassuolo
31/01 20:00 Lids 0-4 Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton 0-2 Bornmut
31/01 20:00 Brayton 1-1 Everton
31/01 20:15 Osasuna 2-2 Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli 2-1 Fiorentina
31/01 22:30 Levante 0-0 Atletiko
31/01 22:30 Chelsi 3-2 Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 16:30 Torino - Lechche
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya
01/02 19:00 Komo - Atalanta
01/02 22:00 Cremonese - Inter
02/02 00:45 Parma - Yuventus

Eden Azar «Real Madrid» klubi matbuot xizmati uchun intervyu berdi

Eden Azar «Real Madrid» klubi matbuot xizmati uchun intervyu berdi

Baho:
+1 | -

Bugun biz uni o‘quvchilarimiz uchun tarjima qildik. Eden Azarning «Real Madrid» klubi safida ilk bor bergan intervyusi sizlarga manzur bo‘ladi degan umiddamiz.

«Real Madrid»dagi ilk soatlar qanday o‘tmoqda?

-  To‘g‘risi, bu mening orzuyim edi. «Santiyago Bernabeo»ga kelishim, muxlislar qarshisida yangi jamoa libosida maydonga tushishim, buyuk klubning futbolchisiga aylanishim… Bir paytlar hammasi men uchun orzu edi…

 Sen «Real Madrid» libosini ilk bor kiyib maydonga chiqqan chog‘ingda ichingdan qanday hislar o‘tganini tasvirlab bera olasanmi? Sezgan bo‘lsang, butun stadion sening nomingni aytib olqishlab turishdi!

-  Bu oq futbolka men uchun ko‘p narsani anglatadi. «Madrid» men uchun dunyodagi eng kuchli klub. O‘zim sevgan jamoam libosida maydonga chiqish va muxlisarning qo‘llab-quvvatlab turishlarini his qilishni tasvirlab bera olmasam kerak. Men bu jamoa safida tezroq maydonga tushgim kelmoqda.

 Tanishtiruv marosimi senda qanday ta’surot qoldirdi?

-  Bilasanmi, men yoshligimda ko‘rgan futbol afsonalari mening tanishtiruv marosimimda qatnashganini o‘zi men uchun katta bir yutuqqa teng! Balki, o‘sha insonlarning kelgani sabab, biroz hayajonlandim. Keyin o‘zimni bosdim va hammasi joyida ekanligini his etdim. O‘ylashimcha, o‘sha kuni o‘zimni yaxshi tutdim. (Kuladi)

Qachondan beri «Real Madrid» safida to‘p surishni istayotgan eding?

-  Ko‘chamiz boshida futbol o‘ynashni boshlagan chog‘imdan beri! O‘sha davrlarda men 4 yoki 5 yoshlarda edim, so‘ngra kariyeram davomida ko‘plab klublarda to‘p surdim va oxiri o‘zim orzu qilgan klubda to‘p surish imkoniga ega chiqdim.

«Real» bilan Qanday kubokni yutishni istaysan?

-  Bu «qirollik klub»i! Bu yerda iloji boricha ko‘proq sovrin yutish va tinimsiz g‘alaba qozonish shart!  Bu jamoa deyarli har mavsumda bir nechta kuboklarni qo‘lga kiritishidan xabarim bor. Shunday ekan, men bu mavsumda qanday bo‘lsada, sovrin yutishdan umidvorman. Agarda biz maydonda bor kuchimiz bilan harakat qiladigan bo‘lsak, istagan sovrinimizga ega chiqa olamiz deb o‘ylayman.

«Real Madrid» deganda hayolingga nima keladi?

-  (Kuladi) Zidanning YECHL finalida «Bayer» klubi darvozasiga urgan fantastik goli!

Futbol o‘ynagan chog‘ingda nimadan rohatlanasan?

-  Men maydonga tushganimdan, muxlislarni ko‘rib turganimdan zavqlanaman.

Sening ortingda YECHL musobaqasining 13 ta kubogi turibdi. Bu sovrinlarga yaqin o‘tirish qanday ekan?

-  To‘g‘risini aytsam, men bu kubokni ushlab ham ko‘rmaganman. «Chelsi»da o‘ynab yurgan chog‘larimda musobaqaning yarim finaligacha bora olganmiz xolos. Hozir ularni o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rish imkoni mavjud. Men hech qachon bu sovrinni yutmaganman. O‘ylashimcha, mening davrim keldi va men bu sovrinni yutishim shart.

Sen uchun Zidan nimani anglatadi?

-  Men futbolni aynan Zidandan zavqlanganim uchungina tanlaganman. Bilasanmi, Belgiyada istiqomat qilgan bo‘lsamda, Fransiya terma jamoasiga muxlislik qilar edim. Aynan Zidan shu terma jamoa safida to‘p surgani uchungina Fransiyaning g‘alabalariga quvonar edim.

 Sening terma jamoadagi do‘sting Kurtua «Real Madrid» haqida nimalarni aytib berdi?

-  U menga ko‘proq ijobiy jihatlar haqida so‘zlab berdi. Men omadli insonman. Sababi, biz Kurtua bilan yaqin do‘stmiz. Bu juda yoqimli holat. Undan so‘ngi haftalar davomida jamoa haqida ancha-muncha ma’lumotlarni bilib oldim.
 

Sening intervyuningni millionlab «Real Madrid» klubi muxlislari mutoala qilishlaridan xabaring bor. Vaziyatdan foydalangan holda, ularga aytadigan so‘zlaring bo‘lsa, marhamat

-  Hammaga salom! Meni qo‘llab-quvvatlab turganingiz uchun rahmat! Sizlarni «Bernabeo»da ko‘rishni istayman. «Hala Madrid»!

Manba: Foot Bazza
Kiritildi: 15:51, 21.06.2019.
O'qildi: 8737 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.