Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:00 Strasbur 2-1 Mets
13/05 00:00 Klermon 0-1 Lion
13/05 00:00 Nant 1-2 Lill
13/05 00:00 Monpelye 0-2 Monako
13/05 00:00 PSJ 1-3 Tuluza
13/05 00:00 Renn 1-1 Lans
13/05 00:00 Marsel 3-1 Loryan
13/05 00:00 Betis 3-2 Almeriya
13/05 19:00 Surxon 1-1 Dinamo
13/05 19:00 Nasaf 0-0 Bunyodkor
13/05 21:30 Lechche 0-2 Udineze
13/05 23:45 Fiorentina 2-1 Monsa
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv - OKMK
14/05 22:30 Osasuna - Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem - Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid - Alaves
15/05 01:00 Jirona - Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ

Transfer oynasidagi so‘nggi yangiliklar

Transfer oynasidagi so‘nggi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu rukn ostidagi qiziqarli ma’lumotlarni berishda davom etamiz. Bugungu kun ko‘plab transfer yangiliklariga boy bo‘ldi va biz uni sizlar bilan o‘rtoqlashishda davom etamiz.

Iskoga xaridor topildi

«Real Madrid» klubi yarim himoyachisi Iskoning xizmatlari bilan «Milan» jamoasi jiddiy qiziqib qoldi – deya xabar bermoqda «Footbal Read» nashri.
Unda aytilishicha, «Milan» «qirollik klubi»ga futbolchi uchun 55 million yevro berishga tayyor va hademay rasmiy muzokaralar boshlanadi. Iskoning o‘zi ham jamoani tark etish niyatida. Futbolchi o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi va terma jamoadan chaqiruv olish maqsadida klubini o‘zgartirishga rozi. Tomonlar futbolchining narxi borasida biroz tortishsishlari mumkin. «Real Madrid» Isko uchun biroz ko‘proq talab qilmoqda. «Milan» esa, iloji boricha kamroq pul sarfalab ispaniyalik futbolchini qo‘lga kiritish maqsadida.

«Atletiko Madrid» rasman «Chelsi» futbolchisiga og‘iz soldi

«Matraschilar»  o‘z qanot himoyachisini sotib yuborgach, uning o‘rnini to‘ldirish maqsadida yangi nomzodlarni ko‘rib chiqayotganidan xabaringiz bor. Jamoaning tanlovi «Chelsi» himoyachisi Markos Alonsoda to‘xtadi, - deb xabar bermoqda  «Cadena Copa» nashri. «Atletiko» himoyachi uchun «Chelsi» klubiga 40 million yevro taklif qilmoqda. Konte ketgach, o‘yinida pasayish kuzatilgan Alonso o‘zi klubini o‘zgartirish haqida bosh qotirayotgan edi. «Real Madrid» tarbiyalanuvchisi sanaladigan futbolchi Ispaniyaga qaytish variyantini qabul qildi va yangi klub safiga o‘tishga tayyor. Shunday bo‘lsada, «Chelsi» uni o‘z safida olib qolish maqsadida «Xindular»ning taklifini rad etishi mumkin. Agarda «Atletiko Madrid» transfer summasini balandlatadigan bo‘lsa, «Chelsi» taklifni qayta o‘ylab ko‘rishi mumkin.

"Liverpul" o‘z yulduzning qiymatini e’lon qildi

«Liverpul» klubi Maneni necha pulga sotishi mumkinligini e’lon qildi. «A Bola» sayti tarqatgan ma’lumotlarga tayangan xolda shuni aytish mumkinki, «Liverpul» Maneni 180 million yevrodan kamiga sotmaydigan bo‘ldi. Mane bilan shaxsan Zayniddin Zidanning qiziqayotganini inobatga olgan klub o‘z futbolchisini klubda olib qolish uchun ana shunday yo‘l tutdi. Bir qarashda nohaqlikdek tuyulsada, «Liverpul»ning bunday qilishga haqqi bor va klub o‘z yulduzini saqlab qolish yo‘lida o‘zining bor imkoniyatlarini ishga soldi. Bunday transfer uchun hozirda «Real Madrid» klubida mablag‘ topilishi dargumon. Shunday ekan, Mane yana bir necha yil o‘zi sevgan klubida to‘p suradi.

«PSJ» Rabioning o‘rnini bosuvchi futbolchini topdi!

Parij super klubi maydon markazini kuchaytirish maqsadida Pogbani qo‘lga kiritish niyatida edi, biroq bu reja amlaga oshmaydigan ko‘rinadi. Bunday vaziyatda «PSJ» o‘zi uchun «Lasio» yarim himoyachisi Sergey Milenkivich-Savichni eng qulay variyant deb hisoblamoqda. Shu kunlarda, klub serbiyalik futbolchi uchun Rim klubiga 63 million yevro taklif qiladi. O‘tgan mavsumda o‘yinida pasayish kuzatilgan markaziy yarim himoychidan pul ishlab olishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Sergey yakunlangan mavsumda 31 ta uchrashuvda maydonga tushdi 5 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi. Shunindek uning hisobida 3 ta golli uzatmaham mavjud.

«Tottenhem» ajoyib almashinuvni amalga oshirmoqchi

«Real Madrid» klubi Eriksonni qo‘lga kiritish fikridan qaytmoqchi emas. Ular tinimsiz ravishda futbolchi va uning agentiga o‘z hizmatlarini taklif qilishmoqda. «Tottenhem» klubi Eriksonni qo‘yib yuborish evaziga «Real Madrid» futbolchisi sanaladigan Asensioni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. «Mirror» nashrining xabar berishicha, bu taklif «qaymoqranglilar»ni o‘ylantirib qo‘ygan va ular «Tottenhem» futbolchisini qo‘lga kiritish maqsadida Asensioni berish haqida chuqurroq o‘ylab ko‘rish niyatida. Agarda bu transfer amalaga oshadigan bo‘lsa, «Tottenhem» Eriksonning o‘rniga boshqa futbolchi izlashlariga xojat qolmaydi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:24, 22.06.2019.
O'qildi: 16649 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.