Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:30 Neftchi - Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Aleksandr Xomyakov: «Raqib xatolarimizdan unumli foydalandi»

Aleksandr Xomyakov: «Raqib xatolarimizdan unumli foydalandi»

Baho:
+ | -

Superliganing 12-turi doirasidagi "Andijon" - AGMK uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanidning ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Aleksandr Xomyakovishtirok etdi.

- Albatta natijadan xafamiz. O‘yinning birinchi daqiqalaridanoq uchrashuv bizning nazorat ostida o‘tmayotgani ko‘rinib turgandi. Biz bunday boshlashni rejalashtirmagan edik. Biz passiv o‘yin ko‘rsatdik va ustunlikka egalik qilolmadik. Raqib esa bizning xatolarimizdan unumli foydalandi. Birinchi bo‘limda o‘tkazib yuborilgan golni yo‘qqa chiqarishga erishdik. Ammo ikkinchi bo‘limda ikkinchi golga javob bera olmadik. Katta kuch bilan oldinga o‘tib ketib, himoyani unutib qo‘ydik. Natijada qarshi hujum orqali ikkinchi golni o‘tkazib yubordik.

Keyinchalik uyushtirilgan hujumlar samara bermadi. Bu haqida tegishli xulosalarni chiqarishimiz kerak. Oxirgi haftalarda juda tig‘iz taqvim bo‘ldi. 8 kun ichida uchinchi o‘yinni o‘tkazdik. AGMK bugun bizga nisbatan yengilroq o‘ynadi. Bugan bizga biroz kuch yetishmadi.

Men jamoa nomidan va o‘zim nomimdan uzr so‘ramoqchiman. Hozirgi holatimizdan kelib chiqib, bizni keskin muhokama qilmasliklarini iltimos qilardim. Ishlashda davom etamiz va xatolarni tuzatamiz.

Bugun chuqurroq himoyalangan holda o‘ynasak ham bo‘lardi. Shunda balki ikkinchi bo‘limda yanada yaxshiroq harakatlanishimiz mumkinmidi. Ammo muxlislar stadionga chiroyli va hujumkor o‘yin ko‘rish uchun kelishlarini inobatga olgan holda taktika tanlagandim. Odatda doim 70-daqiqadan keyin muntazam gol o‘tkazib yubormoqdamiz. Bu kishini o‘ylantiradi.

Shovshuvli transfer? Xohlardim. Xozirda ko‘proq hujum chizig‘ini kuchaytirish haqida o‘ylayapman. Hali bu borada aniq bir to‘xtamga kelingani yo‘q. Sababi men bu yerga yaqinda keldim futbolchilarning nimalarga qodir ekanliklarini hali to‘liq bilmayman. Keyinroq bu haqida o‘ylab ko‘ramiz. Yana bir bor jamoa nomidan uzr so‘rayman”, -deya Xomyakov so‘zlarini keltiradi Stadion.uz muxbiri Jaloliddin Qobiljonov.

 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 03:13, 23.06.2019.
O'qildi: 4873 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.