Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor 3-1 OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad 2-0 Levante
04/04 18:00 Qizilqum 0-4 Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo 2-1 Kalyari
04/04 19:15 Surxon 3-1 Buxoro
04/04 19:15 Malyorka 2-1 Real Madrid
04/04 21:00 Verona 0-1 Fiorentina
04/04 21:30 Betis 0-0 Espanyol
04/04 23:45 Lasio 1-1 Parma
05/04 00:00 Atletiko 1-2 Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna
06/04 15:30 Udineze - Komo
06/04 18:00 Lechche - Atalanta
06/04 21:00 Yuventus - Jenoa
06/04 23:45 Napoli - Milan
07/04 00:00 Jirona - Vilyarreal

Mustafo Bayramov: “G‘alabamizni Abdujamol Isroilovga bag‘ishlaymiz”

Mustafo Bayramov: “G‘alabamizni Abdujamol Isroilovga bag‘ishlaymiz”

Baho:
+ | -

Coca Cola Superliga 12-turi doirasidagi “Navbahor” – “Buxoro” (3:1) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “lochinlar” ustozi Mustafo Bayramov va mazkur o‘yinning eng yaxshi futbolchisi Shahzod Shaymanov ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berishdi.

Mustafo Bayramov: - Mazkur o‘yindan oldin yig‘ilish o‘tkazilib, unda viloyat hokimi Xayrulla Bozarov ham ishtirok etgan edilar. O‘zingizga ma’lum, bungacha ko‘plab bahslarda durang natijani qayd etgandik. Shu bois, ushbu uchrashuvga ishtiyoq o‘zgacha bo‘lib, yigitlar maydonga g‘alaba qozonish umidida tushishdi.Garchi o‘yin qiyin kechgan kechgan bo‘lsa-da, shogirdlarim ko‘rsatmalarimni to‘g‘ri bajarib, zafar quchishdi. Ushbu yutuq bilan bizni qo‘llab-quvvatlab turgan barcha muxlislarimizni tabriklayman. Keyingi bahslarda ham maydonga g‘alaba ishtiyoqida tushib, bizni uy va safar uchrashuvlarida ajoyib tarzda qo‘llab-quvvatlayotgan ishqibozlarga minnatdorchilik bildirib, ularning ishonchlarini oqlashga intilamiz.

Ushbu o‘yinga tayyorgarlik doirasida murabbiylar shtabi bilan “Buxoro”ning “Andijon” hamda Paxtakor” klublariga qarshi kechgan uchrashuvlarini ko‘rib chiqib, tahlil qilgandik. Shundan kelib chiqib, tarkib tanladik. Jamoamizning ikki nafar futbolchisi diskvalifikasiya, bir nafari esa jarohat olganligi bois, maydonga tusha olmadi. Fursatdan foydalanib, bugungi g‘alabani AGMKga qarshi kechgan bahsda jiddiy jarohat olgan Abdujamol Isroilovga bag‘ishlaganligimizni ta’kidlamoqchiman. Abdujamol “Navbahor” uchun qayg‘urmoqda. U jamoamizning yetakchi futbolchilaridan biri hisoblanadi. Abdujamol shundoq qiyin kunda uni yolg‘izlatib qo‘ymay, holidan xabar olayotgan muxlislarga o‘z minnatdorchiligini bildirib qo‘yishimizni so‘radi.

Keyingi uchrashuvimiz “Qizilqum” klubiga qarshi kechadi va navoiyliklarning oldingi o‘yinlarini tahlil qilib, bo‘lajak bahsga shunga qarab, tayyorgarlik ko‘ramiz.

Shahzod Shaymanov: - Uchrashuv qiyin kechdi. Ushbu o‘yinga barchamiz puxta tayyorgarlik ko‘rgandik. Bosh murabbiy ketganligiga qaramay, o‘z kuchimizga ishongan holda, g‘alaba qozondik. Menga ishonch bildirganlarga hamda bizni bugun ajoyib tarzda qo‘llab - quvvatlab turgan muxlislarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Bosh murabbiy ketdi, endi uni ortga qaytarib bo‘lmaydi.  Hayot davom etadi. Bugungi yutuqni Andrey Kanchelskis va Abdujamol Isroilovga bag‘ishlaymiz. Abdujamolning jarohatidan tezroq forig‘ bo‘lib, tez kunlar ichida safimizga qaytishini tilab qolaman.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati. 

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 07:32, 24.06.2019.
O'qildi: 3386 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик