Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Qaysi futbolchilarning transfer narxi tushib ketdi?

Qaysi futbolchilarning transfer narxi tushib ketdi?

Baho:
+ | -

Bundan bir necha kun avval transfer bozoridagi narxlari keskin ko‘tarilgan futbolchilar to‘g‘risidagi maqolani e’tiboringizga taqdim etgan edik. Bugun o‘sha maqolaning aksini, ya’ni transfer qiymati tushib ketgan futbolchilar haqida so‘z yuritamiz.

Serhio Buskets

O‘z vaqtida shaxsan Gvardiola tomonidan bebaho o‘yinchi deb maqtalgan futbolchining qiymati tobora tushib bormoqda. Yakunlangan mavsumdan so‘ng Buskets yana 25 millionga arzonladi. Ko‘pchilik uning yoshi o‘tib borayotganini bahona qilsa, qolganlar «Barsa»ning xalqaro maydonda hech narsa yuta olmayotganini vaj qilib ko‘rsatmoqda. Umuman olganda, sizlarni Buskets va «Barsa»ning  transfer summasi qiziqtirmasligi aniq. Sababi, katta ehtimol bilan Serhio o‘z faoliyatini aynan Katoloniya super klubida yakunlaydi!

Samuel Umtiti

«Lion» klubi safidagi ajoyib o‘yinlaridan so‘ng Samuel Umtiti «Barselona» safiga o‘tgan  va ilk mavsumda o‘zini ko‘rsata olgan edi. Keyinchalik Fransiya terma jamoasi tarkibida JCH g‘olibligini qo‘lga kiritgan qahramonimizning ishlari ortga qarab keta boshladi. Samuel yakunlangan mavsumda atigi 15 bor asosiy tarkibda maydonga tushdi va deyarli hech narsa ko‘rsata olmadi. Uning o‘yinidagi pasayishni ba’zilar jarohatlar bilan bog‘liq deb o‘ylashsa, yana ayrimlar motivasiyaning qolmagani bilan bog‘lashmoqda. Qisqacha qilib aytganda, fransuz transfer bozorida naqd 25 milllion yevroga arzonlab ketdi va o‘ziga bo‘lgan qizishni deyarli yo‘qotib qo‘ydi!

Paulo Dibala

Argentinalik futbolchi Ronaldu «Yuvenstus»ga o‘tguniga qadar dunyoning eng kuchli hujumchilaridan biri edi. Afsuski, KR7ning ta’sir doirasidan chiqa olmay qolgan Paulo hozir o‘zining asosiy tarkibdagi o‘rnini ham, klubdagi mavqeyini ham boy berib qo‘ydi. Bunday yo‘qotishlardan so‘ng transfer qiymatining ham tushib ketishi tabiiy hol. Hozirda Dibala 85 million atrofida baholanmoqda. Bu o‘tgan mavsum so‘nggidagi ko‘rsatgichdan 30 million kam degani!

Marselo

2007-yildan buyon «qirollik klubi» sharafini himoya qilayotgan futbolchi o‘z vaqtida dunyoning eng kuchli qanot himoyachisi edi. Afsuski, mavsum boshidagi murabbiylarning birin-ketin o‘zgartilishi futbolchining formasiga ta’sir o‘tkazdi va uning «bozordagi narxi» keskin quladi. Hozirda 25 millionga baholanayotgan futbolchi bir mavsum avval 70 milliondan ziyodroq transfer qiymatiga ega edi. Marseloning narxi tez orada yana pasayishi mumkin. Sababi, «Real Madrid» uning pozisiyasiga Mendini harid qildi va katta ehtimol bilan yangi mavsumda fransuz asosiy tarkib o‘yinchisi sifatida Marseloni o‘yin amaliyotisiz qoldiradi.

Fellipe Koutinyo

«Liverpul» jamoasidagi fantastik o‘yinlaridan so‘ng «Barselona» tarixidagi eng qimmat o‘yinchiga aylangan Koutinyo uchun yankunlangan mavsum juda yomon xotiralar bilan uning yodida qoladigan ko‘rinadi. «Kopa Amerika» musobaqasida o‘zini ijobiy tomondan namoyish etayotgan Fellipe deyarli 150 limon evaziga «Barsa»ga o‘tgan bo‘lsada, ishonchni oqlay olmadi. Katoloniya klubi uning transfer qiymati tushib ketmasidan tezroq pullash ilinjida. Afsuski, braziliyalik futbolchi bir mavsumning o‘zida 45 millonga arzonlab ketdi. Agarda «Barsa» tezroq harakat qilmasa, zarar yana ham kattalashib ketishi mumkin.

Manba: Foot Bazza
Kiritildi: 16:42, 25.06.2019.
O'qildi: 11546 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.