Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

«Navbahor» bilan necha yillik shartnoma imzoladi, qaysi chiziqlarni kuchaytirmoqchi?» – Deyan Jurchevich ishtirokidagi ilk matbuot anjumani

«Navbahor» bilan necha yillik shartnoma imzoladi, qaysi chiziqlarni kuchaytirmoqchi?» – Deyan Jurchevich ishtirokidagi ilk matbuot anjumani

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

25 iyun kuni sevimli "Navbahor"ga serbiyalik mutaxassis Deyan Jurjevich bosh murabbiy etib tayinlandi. Mazkur mutaxassisni tanishtirish marosimi yakunlanganidan so‘ng, Deyan Jurjevich ishtirokida  OAV xodimlari uchun matbuot anjumani o‘tkazildi.

Siz “Navbahor” to‘g‘risida ma’lumotga egamidingiz va jamoa tarkibida qanday o‘zgarishlarni amalga oshirmoqchisiz?  

So‘zim avvalida shuni ta’kidlamoqchimanki, jurnalistlar futbol hamda klub rivoji yo‘lidagi muhim shaxslar sanalishadi. Boringlarga shukr.

“Navbahor”ning ayni paytdagi emas, oldingi futbolchilari borasida ma’lumotga egaman.

To‘g‘risini aytsam, ushbu taklif kutilmaganda yuz berdi. Shu bois, jamoa bilan to‘liqroq tanishishga imkoniyat bo‘lmadi. Vaqt futbolda muhim omil hisoblanadi. Hozir oldimizda turgan eng muhim vazifa 13-tur doirasidagi “Qizilqum”ga qarshi kechadigan bahsga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda o‘sha o‘yinda g‘alaba qozonish. Shundan so‘ng, davralar oralig‘idagi tanaffus yuzaga keladi va shundagina yigitlar bilan to‘liqroq tanishish, lozim bo‘lsa, jamoa o‘yinini yanada kuchaytirish borasida bosh qotiramiz.

Davralar oralig‘ida jamoaning zaif chiziqlarini yanada kuchaytirish, shuningdek, vataningiz Serbiyadan futbolchi taklif etish rejangizdan o‘rin olganmi?

Futbolchilar bilan yaqindan hamda yaxshiroq tanishib, ularning jismoniy holatlari qandayligini tahlil qilganimdan so‘nggina, klub rahbariyati va sport direktoriga ular haqidagi o‘z fikrimni bildiraman.

“Navbahor”ning qaysi chiziqlarini kuchaytirish borasidagi savolga javob berish qiyin. Birinchi davra bahslari yakunlanganidan so‘ng, bu haqda bosh qotiramiz.

Jamoaning o‘yini borasida to‘xtaadigan bo‘lsam, tajovuzkor futbol namoyish etishi, ko‘plab sadoqatli muxlislarga ega ekanligini yaxshi bilaman. “Navbahor”ning o‘yini asosan aniq to‘p uzatishlar asosiga qurilgan.

Legionerlar borasida to‘xtaladigan bo‘lsam, “Navbahor”da 4 nafar xorijlik futbolchi bor hamda jamoaning Osiyodan tashqari bo‘lgan mamlakatlardan o‘yinchi olish borasidagi  limiti  to‘lib bo‘lgan. Shuning uchun, hozircha Serbiyadan futbolchi olib kelishning iloji yo‘q.

Matbuot anjumani 1

“Navbahor”ning o‘yinini kuchaytirish borasida g‘oyalaringiz bormi?

Jamoaning qanday o‘yin namoyish etishini bilish uchun futbolchilarning jismoniy holati, o‘yin saviyasi qandayligiga ko‘proq e’tibor qaratish lozim. Ammo u juda qiyin masala. “Navbahor” jamoaviy o‘yin tashkil etish orqali, to‘p uzatishlarga asoslangan tajovuzkor futbol namoyish etadi. Shu sababli bo‘lsa kerak, ko‘plab futbolchilar namanganliklar safida o‘ynashni istashadi. Kecha “Navbahor” ishtirokidagi o‘yinlar videoroligini ko‘rib, tahlil qildim. Albatta, jamoaning o‘yinini kuchaytirish borasida o‘z g‘oyalarim bor.

O‘zingizga ma’lum, futbolda asosiysi natija. Bundan tashqari, millionlar o‘yinida vaqt ham muhim rol o‘ynaydi. Hozir esa jamoa o‘yiniga o‘zgartirish kiritishga vaqtimiz juda kam. Birinchi davra yakunlanganidan tarkibni ko‘rib chiqib, bu borada bir xulosaga kelamiz.

Matbuot anjumani 2

“Navbahor” bilan qancha muddatga shartnoma imzoladingiz?     

Men uchun shartnomaning qancha muddatga tuzilganligi unchalik ahamiyatga ega emas. Uni 6 oy yoki 10 yil muddatga imzolashim mumkin. “Navbahor”da jiddiy insonlar ishlashadi va asosiysi, o‘zaro hamkorlik hamda ishonch asosida ishlashda. Shartnoma shunchaki rasmiy qog‘oz. Ta’kidlayman, muhimi, o‘zaro ishonchga asoslangan hamkorlik. Mabodo sizni shartnoma muddati qiziqtiradigan bo‘lsa, jamoa bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladim.

Niyatim, “Navbahor” bilan yuksak natijalarni qayd etish.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 08:10, 26.06.2019.
O'qildi: 5852 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.