Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:00 Strasbur 2-1 Mets
13/05 00:00 Klermon 0-1 Lion
13/05 00:00 Nant 1-2 Lill
13/05 00:00 Monpelye 0-2 Monako
13/05 00:00 PSJ 1-3 Tuluza
13/05 00:00 Renn 1-1 Lans
13/05 00:00 Marsel 3-1 Loryan
13/05 00:00 Betis 3-2 Almeriya
13/05 19:00 Surxon 1-1 Dinamo
13/05 19:00 Nasaf 0-0 Bunyodkor
13/05 21:30 Lechche 0-2 Udineze
13/05 23:45 Fiorentina 2-1 Monsa
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv - OKMK
14/05 22:30 Osasuna - Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem - Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid - Alaves
15/05 01:00 Jirona - Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ

Salah «Liverpul»ni tark etmoqchimi?

Salah «Liverpul»ni tark etmoqchimi?

Baho:
+ | -

«Fox Sport» nashri «liverpul» jamoasining super yulduzi sanaladigan Muhammad Salahdan intervyu olishga muvaffaq bo‘ldi. Kichik bo‘lsada anchayin dolzarb savollarga javob bergan misrlik futbolchining intervyusini siz azizlarga ilindik.

Aniq ayta olmanki, yakunlangan mavsum biz uchun omadli bo‘ldi. Sababi, o‘tgan mavsumdagi ko‘plab xatolarimizni to‘g‘irlashni uddasidan chiqdik va YCHLda g‘olib bo‘lishni uddaladik. Eng quvonarlisi uzoq kutilgan YECHL g‘olibligini muxlisalrimizga sovg‘a qildik. To‘g‘ri, finalga qadar anchagina qiyin yo‘lni bosib o‘tdik. Bu mavsumdagi YECHL bahslari o‘tgan yilgiga qaraganda anchagina og‘irroq bo‘lganini ham aytib o‘tishimiz darkor! «Bavariya» klubiga qarshi bahsning javob uchrashuvida o‘z kuchimizga ishongan bo‘lsakda, bizni ichki havotir tark etmagan edi. Ahir hal qiluvchi bahs Germaniyada bo‘lgan edida! Boz ustiga  gol urushimiz shart edi va biz buni uddasidan chiqdik.

Eng qizig‘I shundaki, bizni Katoloniyada yirik mag‘lubiyat kutib turganini hech kim taxmin qilmagan edi. Shu jumladan o‘zimiz ham bu jamoadan osonlik bilan o‘tamiz deb o‘ylagan edik. Bir qarashda hisob yirik ko‘rinish olgan bo‘lsada, biz bunday mag‘lubiyatga loyiq o‘yin ko‘rsatmagan edik. Ularning tarkibida Messi bo‘r bo‘lsada, biz keyingi bosqich uchun  loyiqroq ko‘ringan edik. «Enfild»da bo‘lgan uchrashuvni mo‘’jizaga qiyoslagan bo‘lar edim. Men ularga yordam bera olmagan bo‘lsamda, ular hammasini ajoyib uddalashdi. Bu g‘alaba shuni isbotlab berdi-ki, «Liverpul» har doim ohirgi soniyalarga qadar kurashadigan klub! Chempionatda ham biz ohiriga qadar taslim bo‘lmasdan kurash olib bordik, lekin bizga biroz omad yetishmadi. Umid qilamanki, kelasi mavsumda ichki birinchilikda ham g‘oliblikni qo‘lga kiritamiz. Sababi, jamoamiz bunday g‘alabaga haqli!

«Yuventus»ga o‘tishim borasidagi mish-mishlar ochig‘ini aytsam, biroz yoqimli …
Sababi, Ronaldu singari futbolchi  bilan birga to‘p surish sharafli holat. Men o‘z kariyeramni boshlash arafasida turgan chog‘larimda uning o‘yinlari meni doimo ruhlantirardi. Yashirib o‘tirmayman, u bilan birga to‘p surish men uchun orzu. Boz ustiga Italiyada to‘p surish menga yoqadi. Ularda ajoyib chempionat va avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan millionlab muxlisar mavjud bo‘lib, bunday atmosferada to‘p surish futbolchi uchun qo‘shimcha kuch bag‘ishlaydi. Shunday bo‘lsada, mening «Liverpul» klubi bilan shartnomam bor va «Yuventus» menga rasmiy taklif bilan chiqqanicha yo‘q! Shunday ekan, bu gap-so‘zlar shunchaki mish-mishdan boshqa narsa emas. Agarda «Yuventus» menga taklif bilan chiqadigan bo‘lsa, men jon deb uni atroflicha o‘ylab ko‘rgan bo‘lar edim.

Manba: Foot Bazza
Kiritildi: 13:26, 27.06.2019.
O'qildi: 11433 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.