Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/01 00:45 Inter 2-2 Napoli
12/01 21:30 Saudiya Arabistoni 0-1 Vyetnam
12/01 21:30 Iordaniya 1-0 Qirg‘iziston
12/01 22:30 Jenoa 3-0 Kalyari
13/01 00:45 Yuventus 5-0 Cremonese
13/01 01:00 Sevilya 0-1 Selta
13/01 16:30 O‘zbekiston 2-0 Janubiy Koreya
13/01 16:30 Eron 0-1 Livan
13/01 21:30 Yaponiya - Qatar
13/01 21:30 BAA - Suriya
14/01 16:30 Iroq - Avstraliya
14/01 16:30 Tailand - Xitoy
14/01 22:30 Napoli - Parma

"Barselona" vise-prezidenti: "Neymar qaytmoqchi, ammo u bizga kerak emas"

"Barselona" vise-prezidenti: "Neymar qaytmoqchi, ammo u bizga kerak emas"

Baho:
+1 | -1
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

"Barselona" klubining vise-prezidenti Jordi Kardoner "PSJ" hujumchisi Neymarning kataloniyaliklar safiga qaytish ehtimoli to‘g‘risida gapirdi.

"Menga ma’lum narsa shuki, "Barselona" Neymarni qo‘shib olish uchun hech qanday ish qilmagan, biz uni olib kelmoqchimasmiz.

Direktorlar kengashi bu imkoniyatni o‘rganib chiqdi, ammo futbolchida shunday istak bor. Neymar qaytmoqchiga o‘xshaydi, juda bo‘lmaganda, u bunga qiziqmoqda, ammo muzokaralar yo‘q. Bu borada tashvish qilmayapmiz.

Nima bo‘lishini bilmaymiz, buni aniqlash kerak. Meni ketgan o‘yinchining qaytmoqchi ekani aablantirmoqda. "Barsa"da ham Barselonada ham joy ko‘p emas. Sesk Fabregas singari, avval ketib, so‘ng qaytmoqchi bo‘lgan o‘yinchilar talaygina.

Neymar - ajoyib o‘yinchi. Ammo u o‘z vaqtida ketishga qaror qildi. Ayni paytda u bilan bog‘langanimiz yo‘q. Hozircha baho berolmaymiz.

Uning ketishi bilan bog‘liq men uchun yoqimsiz vaziyat bo‘lgan, hal qilinishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘p", - deydi Kardoner.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 19:41, 27.06.2019.
O'qildi: 12454 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.