Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Messi va Ronaldu, «Oltin To‘p» va YECHL haqida Mbappe bilan intervyu

Messi va Ronaldu, «Oltin To‘p» va YECHL haqida Mbappe bilan intervyu

Baho:
+3 | -

«L'E Quipe» nashri «PSJ» va Fransiya terma jamaosi hujumchisi bilan qiziqarli intervyu qilishga muvaffaq bo‘ldi. Biz bu intervyuni siz azizlarimiz uchun tarjima qildik.

Killian, sen yer yuzidagi minglab bolakaylarning orzusidagi futbolchisan. Ularga qarata nimalar degan bo‘lar eding? Qanday maslahatlar bera olasan?

-  Birinchidan, bu bilan faxrlanaman. Sababi, men ham bir vaqtlari ularning o‘rnida edim. Men juda ko‘p orzu qilar edim va mana o‘z orzuyimga yetishib o‘tiribman. Ular uchun namuna bo‘lganimdan juda xursandman. Sababi, men ham ular kabi tinimsiz futbol o‘ynashni yoqtirar, futbol uchun vaqtimning hammasini bag‘ishlar edim. Do‘stlarim, akalarim bilan futbol o‘ynash uchun istalgan imkoniyatdan foydalanib, doimo professional futbolchi bo‘lishni niyyat qilardim. Mana bu amalga oshdi, lekin bu bilan to‘xtab qolmoqchi emasman. Doimo bor e’tiborimni futbolga qaratgan holda, o‘sishda davom etishim zarur. Kuchlilar orasida tengsiz bo‘lish oson emas. Agarda sen chalg‘ib qolsang, tamom deyaver. Sendan bir zumda ilgarilab ketishlari aniq! Sababi, yer yuzida iqtidorli futbolchilar talaygina topiladi
 

Sen yoshligingda tinimsiz futbol tomosha qilganing haqida avvalgi intervularingda ham aytgan eding. Sen uchun hamma zamonlarning eng yaxshi futbolchisi kim?

-  Bu juda qiyin savol. Futbol tinimsiz o‘zgarib bormoqda. Bundan 20 yil avval bu savolga Pele deb javob bergan bo‘lar edim. 10 yil avval esa Maradona. Hozirgi kunga kelib Messi va Ronalduni qayt etish zarur. To‘g‘risi, ulardan birini tanlash juda mushkul. Sababi, agarda sen kimnidir tanlasang, qolgan afsonalarni o‘chirib tashlashinga to‘g‘ri keladi. Bu insofdan emas. Menga shu savol bilan ko‘p murojaat qilishadi. Men esa har safar bilmayman deb qutilman. Yuqorida aytilganidek, ulardan birini tanlash orqali qolganlarini unutmoqchi emasman.
 

Kel unda savolni boshqacharoq qo‘yman. 80- yillarga qadar eng kuchli futbolchi kim edi? Undan keyingi yillar davomidachi?

-  (Kuladi) 80-yillarga qadar Peleni tanlayman. Sababi u 3 bor JCHda g‘olib chiqishni uddalagan. Bunday natija bilan Peledan boshqa hech kim maqtana olmaydi. Boz ustiga, u o‘z kariyerasi davomida juda ko‘p gol urgan va oradan 50 yil o‘tgan bo‘lsada uni xurmat qilishadi.  80-yillardan so‘ng (o‘ylanib) Ronaldu, Messi, Zidan, Ronaldino! Bularning barchasi o‘zlari bilan futbolga yangilik olib kira olishni uddalaganlar. Bu ismlarni futbol olami hech qachon yodidan chiqarib yubormaydi. Shunday ekan, men aynan shu futbolchilarni tengsiz deb hisoblayman.

Aytchi ,Mbappe futbol tarixida qolishi  uchun «Oltin to‘p» muhimroqmi? yoki «ECHL»da g‘olib chiqishmi?

   - Eng asosiysi YECHLda g‘olib chiqish. Sababi, sen «Oltin to‘p» olsangda tarixda qolmasliging mumkin , biroq bu futbol, Tennis emas. Agarda gap Tennis haqida borganida o‘ylab o‘tirmasdan «Oltin to‘p»ni tanlagan bo‘lar edim. Futbol olamida YECHLni yutmasdan turib «Oltin to‘p»ni orzu qilish kulguli holat.  Men birinchi navbatda YECHLda g‘olib chiqmoqchiman. Undan so‘ng «Oltin to‘p»ni taqdim etishsa, qarshiligim yo‘q. Mening birinchi navbatdagi maqsadim YECHLda g‘olib chiqish. Qolgani haqida o‘ylayotganimcha yo‘q!
 

Sen kamtar va bosiq insonsan. Aytchi hamma zamonlarning eng kuchli futbolchisi bo‘lishni istaysanmi?

-  To‘g‘risi, hamma zamonlarning eng kuchli futbolchisi bo‘lishni sira istamayman. Men har mavsumda bor e’tiborim va hayotimni aynan shu maqsad yo‘lida qurbon qilmoqchi emasman. Shunchaki, faoliyatim so‘ngida o‘tgan yillarimga achinmasam kifoya! Yillar o‘tib o‘z faoliyatimga tashqaridan baho berganimda o‘zimdan uyalmasam, biroz faxr tuyg‘usini tuysam bo‘lgani. Qolganlari muhim emas. Hozir qo‘limdan kelganicha harakat qilmoqchiman. Ishonaman-ki, qachondir orzuyimdagi barcha sovrinlarni qo‘lga kiritaman.

Manba: Foot Bazza
Kiritildi: 20:50, 27.06.2019.
O'qildi: 15096 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.