Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Vadim Abramov: «Hisob o‘yinga mos bo‘ldi»

Vadim Abramov: «Hisob o‘yinga mos bo‘ldi»

Baho:
+ | -

Sosa Sola Superliganing 13-turidan o‘rin olgan «Dinamo» - «Bunyodkor» (1:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Vadim Abramov OAV xodimlarining savollariga javob qaytardi.

- O‘ylashimcha, hisob o‘yinga mos bo‘ldi. Stadionga tashrif buyurgan ishqibozlarga ham o‘yin ma’qul bo‘ldi, deb o‘ylayman. Samarqandda o‘ynash doimo zavq bag‘ishlaydi. «Dinamo» yaxshi, kelajagi bor jamoa. Bugun ham ko‘rdik, mezbonlar kuchli ishtiyoq evaziga harakat qildi, ayrim vaziyatlarda ularga tajriba yetishmadi.

Penalti? Fikrimcha, bu 100 foiz penalti. O‘ylashimcha, mezbonlar o‘z uyida yutqazgani uchun qiziqqonlik qilishyapti. Raqib bu yil hisobidan hali o‘z uyida yutqazmaganini bilardim. O‘z maydonida qanday o‘ynashini ham taxmin qilgandim va taxmin qilganimdek bo‘ldi. Shunchaki, biz o‘z darajamizda o‘ynamaganimiz va hali hisob 0:1 bo‘lib turganida vaziyatlardan foydalanmaganimiz sababli biroz qiynaldik. Qolaversa, keraksiz joyda o‘z darvozamizdan to‘p olib chiqdik. O‘yin oxirida omad biz tarafda bo‘ldi va g‘alaba to‘pini kiritdik.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 06:20, 29.06.2019.
O'qildi: 2437 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик