Kirish Ro'yxatdan o'tish

Para-atletlarimiz Tunis Gran-prisining birinchi kunidayoq yettita medal olishdi

Para-atletlarimiz Tunis Gran-prisining birinchi kunidayoq yettita medal olishdi

Baho:
+1 | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Shu kunlarda Tunis shahrida para-atletika bo‘yicha Gran-pri seriyasiga kiruvchi musobaqa bo‘lib o‘tmoqda. Turnirning birinchi kunidayoq O‘zbekiston terma jamoasi o‘zining ajoyib natijasi bilan barchaning e’tiborini tortdi. Terma jamoamiz vakillari ilk kunda 4 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallarini jamg‘arishdi. Shohsupaga ko‘tarilgan paralimpiyachilarimiz tarkibi quyidagicha:

Oltin:
Doniyor Axmedov – 100 va 200 metrga yugirish
Mohigul Hamdamova – disk uloqtirish
Omad Hasanov – balandlikka sakrash

Kumush:
Ma’ruf Murodullayev – 1500 metrga yugirish
Mohigul Hamdamova – yadro uloqtirish

Bronza:
Shahnoza Adhamova – uzunlikka sakrash

Ma’lumot uchun, Tunis Gran-prisida dunyoning 50 ga yaqin mamlakatidan tashrif buyurgan 300 nafardan ortiq para-atletlar bahs olib borishmoqda. Musobaqa bugun yakuniga yetadi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 09:03, 30.06.2019.
O'qildi: 2149 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик