"Roma" o‘z rasmiy saytida himoyachi Kostas Manolasni "Napoli" bilan rasman shartnoma imzolagani haqida xabar berdi. 28 yoshli futbolchining transfer qiymati 36 mln yevroga baholandi.
Eslatib o‘tamiz, Manolas 2014-yil yozida "Olimpiakos"dan "Roma" safiga kelib qo‘shilganadi.
Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsumda himoyachi "A" seriyada 27 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golga mualliflik qildi.