Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu rukndagi ma’lumotlarni berishda davom etamiz.

«Yuventus» Iguaindan qutulmoqchi

Turinning «Yuventus» klubi ustozi argentinalik hujumchi uchun o‘z jamoasida joy yo‘qligini e’lon qildi. Klub Iguain borasidagi istalgan taklifni atroflicha ko‘rib chiqishga tayyor.
Sarri futbolchidan uning “«Chelsi» safidagi omadsiz ishtirokidan so‘ng ko‘ngli qolib ketganini va yangi jamoasida bunday hujumchi bo‘lmasligi kerakligini ochiqchasiga tan oldi”, – deb xabar bermoqda «Goal» nashri.
Hozircha futbolchi uchun asosiy da’vogar sifatida Rimning «Roma» klubi ajralib turibdi. Ular Djekoni sotib yuborgach uning o‘rnini Iguain orqali to‘ldirish maqsadida.

«Bavariya» Manchester klublaridan o‘tib ketdi

Myunhenning «Bavariya» klubi «Juventus» futbolchisi sanalmish Joa Kanseluning transferi bilan jiddiy qiziqib qoldi.
Italiya klubi o‘z futbolchisini «Manchester Yunayted» va «Manchester Siti» klublaridan biriga 50 million yevroga sotish arafasida turgan edi. Buni qarang-ki, «Bavariya» futbolchi uchun kurashga katta tezlikda kirib keldi va portugaliyalik futbolchi uchun 60 million yevro taklif qildi. «Keksa Siniora»ga nemis klubining taklifi juda ma’qul kelgan. Endi futbolchi va klub o‘zaro kelishib olsa, hademay bu transfer amalga oshishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, «Yuve» Konseluni bundan bir mavsum ilgari «Inter» klubidan 40 million yevroga xarid qilgan edi.

«Milan» uni sotib yuboradi

Milan shahrining «Milan» klubi mutasaddilari Andrea Silvani sotib yuborish to‘g‘risida bosh qotirmoqda. Ular futbolchining transfer qiymatini 25 millon etib baholashdi va tezroq undan qutilish niyyatidalar.
Yakunlangan mavsumni «Seviliya» tarkibida ijarada o‘tkazgan futbolchi 25 ta uchrashuvda maydonga tushgan bo‘lsada, atigi 9 gol kiritgan holos. Undan ko‘plab mutaxassislar kattaroq natija kutgan edi.
Hozirda portugaliyalik futbolchi uchun «Vulverhempton», «Valensiya», «Soutgempton» singari jamoalar kurash olib bormoqda.

«Manchester Yunayted» pul ishlab olmoqchi!

«Qizil iblislar» David de Xeani ushlab qolish uchun bundan bir necha kun avval haftasiga 350 ming yevro maosh belgilangan shartnoma taklif etishgan, futbolchi esa, bundan bosh tortgan edi.
«Evening Standar» nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, klub unga kecha avvalgisidanda yaxshiroq taklif bilan murojaat qilgan. Futbolchi bu safar o‘ylab ko‘rish uchun biroz vaqt so‘radi. Endi voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.
Ispaniyalik darvozabonning klub bilan tuzgan shartnomasi 2020-yilning yozida o‘z yakuniga yetadi. Bu futbolchi qishki trasnferlar chog‘ida yangi jamoasi bilan shartnoma imzolay oladi degani. «Qizil iblislar» o‘z futbolchisini tekinga qo‘yib yuborishni sira istamayapti. David esa, yana bir mavsum jamoada qolib, so‘ng katta maosh ilinjida boshqa klubga o‘tishni reja qilgan.

«Barselona» o‘z futbolchisini «Arsenal»ga taklif qildi

Katoloniya super klubi braziliyalik futbolchi Malkomni  sotib yuborishga qaror qildi. Unga ko‘ra jamoa uni keyinchalik sotib olish sharti bilan 1 mavsumga ijaraga berish niyyatida. Hozircha futbolchi uchun Londonning «Arsenal» klubi asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Afsuski, «Barselona» talab qilayotgan shartlarga boshqa klublar ko‘nishni istamayapti va Malkomning transferi kechikmoqda. Unga xaridor bo‘lgan «Arsenal»ning transfer nishoni ham bugun tubdan o‘zgarib ketdi. Endilkda «To‘pchilar» «Kristal Peles» jamoasi futbolchisi Zaha borasida uning klubi bilan muzokaralar boshlash niyyatida. Agarda bu transfer amalga oshsa, Malkom yana bir mavsum zahirada qolib ketishi hech gap emas.

«Yuventus» Pogba uchun kurashmoqda

Shu kunlarda «Yuventus» klubi Pol Pogba borasida ajoyib taklif bilan «Manchester Yunayted»ni hayron qoldirmoqchi. Italiya klubi Pogba uchun 70-80 million va Paulo Dibalani taklif qilmoqchi. Bundan tashqari, bu shartnomada bir nechta bonuslar mavjud bo‘lib, undan ham 10 million yevro atrofida pul ishlab olish mumkin.

«Manchester Yunayted» ning o‘zi esa  futbolchi uchun 150 million yevrodan kamiga rozi bo‘lmasligini e’lon qilgan edi. Pogba uchun «Real Madrid» jamoasi ham uni o‘z safida ko‘rish borasida tinimsiz muzokaralar o‘tkazmoqda. Ular futbolchi uchun 120 millon atrofida pul taklif yetgan.

Manba: Foot Bazza
Kiritildi: 10:24, 04.07.2019.
O'qildi: 12389 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.