Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand 1-0 Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt 7-2 Livan
31/01 17:00 Indoneziya 1-1 Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston 3-2 Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza 1-3 Sassuolo
31/01 20:00 Lids 0-4 Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton 0-2 Bornmut
31/01 20:00 Brayton 1-1 Everton
31/01 20:15 Osasuna 2-2 Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli 2-1 Fiorentina
31/01 22:30 Levante 0-0 Atletiko
31/01 22:30 Chelsi 3-2 Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino - Lechche
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid - Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo - Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted - Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest - Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa - Brentford
01/02 20:15 Betis - Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem - Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese - Inter
01/02 22:30 Xetafe - Selta
02/02 00:45 Parma - Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+1 | -

Ushbu rukndagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Arnautovich klubini o‘zgartirishi mumkin

Angiliyaning «Vest Hem» futbol klubi hujumchisi Marko Arnautovich bilan bir nechta Xitoy klublari qiziqib qoldi.
Futbolchining o‘zi ham katta maosh belgilangan shartnomadan bosh tortishni istamayapti. «Sokker» nashrining xabar berishicha, futbolchining Xitoy klublaridagi maoshi hozirgi klubinikiga qaraganda bir necha barobar kattaroq bo‘ladi va turli bonuslarni o‘z ichiga oladi.
Shunday bo‘lsada, «Vest Hem» o‘z futbolchisini 40 milliondan kamiga sotib yubormoqchi emas. Chin o‘lkasi vakillari esa hozircha 20 millon yevro taklif qilishdi. Manbaaning xabar berishicha, tomonlar shu kunlarda 30 million atrofidagi summaga rozi bo‘ladi va futbolchi Xitoy chempionatida yangi mavsumni boshlaydi.

«Liverpul»  Lovreni sotmoqchi emas

«Liverpul» klubining xorvatiyalik himoyachisi Derek Lovren «Milan» klubi e’tibor markazida turganidan xabaringiz bor. 29 yoshlik futbolchi yakunlangan mavsumda asosiy tarkibdagi o‘rnini boy berib qo‘ygan bo‘lsada, klub  uning hizmatlaridan foydalanish niyyatidan qaytmayapti. O‘tgan mavsumda atiga 13 ta uchrashuvda maydonga tushgan markaziy himoyachi uchun kurashga qo‘shilgan «Milan» rad javobini oldi. Qo‘shimchasiga «Liverpul» klubi o‘z futbolchisini sotmasligini rasman e’lon qildi.
Futbolchi va klub o‘rtasida tuzilgan shartnoma yana ikki yil ishlaydi.

«Lester» yangi yulduzchani tez orada mashxur qiladi

O‘z vaqtida Dunyoning eng iqtidorli yosh futbolchilaridan biri sifatida nom qozongan Ayose Perez tez orada «lester» futbolchisiga aylanadi. Bugun u «tulkilar» safiga o‘tish uchun so‘nggi qadamini qo‘ydi va tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Futbolchining transferi 30 milliondan sal oshishi kutilmoqda. Ayose Perez yakunlangan mavsumni APLning «Nyukasl» klubida o‘tkazdi va 37 ta uchrashuvda 12 ta gol kiritishni uddaladi.

Ander Errara «PSJ» futbolchisi!

Rasmiy saytlarning xabar berishicha, ispaniyalik Ander Errera «PSJ» futbolchisiga aylandi. Uning «Manchester Yunayted» bilan shartnomasi bir necha kun avval yakunlangan edi va futbolchi erkin agent sifatida Parij klubi safiga borib qo‘shildi.
«PSJ» klubi ustozi Anderdan Rabioning o‘rnini bosishini kutmoqda. Transferga oid to‘liq yangilikni tez soatlarda saytimizda o‘qishingiz mumkin.

Rasman: «Vilyareal» «Napoli» futbolchisini xarid qildi

«Napoli» klubi himoyachisi Raul Albiol ispaniyaning «Vilyareal» klubi safiga borib qo‘shildi. Himoyachi klub bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Unga ko‘ra himoyachi 4 milliondan ortiqroq pul ishlab oladi.
Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli Raul Albiol yakunlangan mavsumda «Napoli» safida 20 ta uchrashvuda maydonga tushdi va bir bor raqiblari darvozasini ishg‘ol qildi.

Marselo ketadi

Braziliyalik hujumkor himoyachi boshqa klubga o‘tishni istamoqda. Uning klubdagi ishlari ortga ketgani sababli, hammasini boshidan boshlash niyyatida. 31 yoshlik futbolchining xizmatlari bilan «Milan», «Arsenal», «PSJ»  «Yuventus» singari grand klublar qiziqmoqda.
«Real Madrid» Ferlen Mendini xarid qilgach, katta ehtimol bilan Marseloni zahira variyantiga aylantirib qo‘ymoqchi edi. Futbolchi voqealar rivojining bunday ko‘rinish olishini istamadi va klubini o‘zgartirishga qaror qildi.

«Tottenhem»ga «Real Madrid» o‘yinchisi kerak

“Maurisio Pochetino klub rahbalaridan «Real Madrid» klubi hujumchisi Mariano Diasni xarid qilishni talab qilmoqda”,-  deb xabar bermoqda «OK Diario» nashri.
Mariano Dias Zayniddin Zidanning rejasida yo‘q ekanligini hisobga olsak, bu transfer amalga oshishining ehtimoli yuqori.
25 yoshlik Dominakanlik futbolchi yakunlangan mavsumda  atigi 13 ta uchrashuvda maydonga tushdi va bor yo‘gi 3 ta gol kiritdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:49, 04.07.2019.
O'qildi: 11847 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.