Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 19:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
20/05 19:00 Surxon 0-1 Nasaf
20/05 21:30 Salernitana 1-2 Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Messining eng mashxur iqtiboslari

Messining eng mashxur iqtiboslari

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Leo Messi futbol olamining tirik afsonasi desak, adashmagan bo‘lamiz. U erishgan yutuqlariga qaramasdan, juda bosiq va kamgap inson. Balki shu sababli  Messidan  intervyu olish har doim qiyinchilik tug‘dirib keladi. Bugun Messi tomonidan aytilgan eng mashxur iqtiboslarni yodga olamiz.

«Yuventus» haqida

Men juda ko‘p klublarga qarshi maydonda harakat qilgan bo‘lsamda, ularning ayrimlarinigina hurmat qilaman. «Yuventus» men hurmat qiluvchi klublardan biri. «Yuve» doim o‘z falsafasiga va odatlariga tayanib ish ko‘ruvchi ajoyib jamoa. Endilikda ular safiga Ronaldu qo‘shildi va bu jihat o‘z ijobiy ta’sirini tez orada namoyon etadi. Yangi mavsumda ular YCHL g‘olibligi uchun asosiy da’vogar bo‘lishsada, biz ham g‘oliblikdan umid uzganimizcha yo‘q (kuladi). Bilasizmi, «Yuventus» har qanday ahvoldan chiqib keta olishi bilan meni hayratda qoldirgan. Balki, YCHL finalida to‘qnash kelarmiz? Balki, finalga qadar ikki klub ham yetib bormas, lekin shunisi aniq-ki, «Barselon»ham «Yuventus» ham buyuk klub bo‘lib qolaveradi.

Dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi haqida

Hozir sayyoramizda iqtidorli futbolchilar talaygina topiladi. Bundan tashqari ajoyib yulduzlar ham mavjud. Men ular orasiga Mbappe, Neymar, Azar, va Suarezni qo‘shgan bo‘lar edim. Shunday bo‘lsada, dunyoda bu yigitlardan ham kuchliroq futbolchi mavjud. U Kirishtiyanu Ronaldu! Men uni doimmo o‘zim bilan bir pog‘onada deb hisoblayman.

Ronaldu haqdia

Krishtianuga qarshi maydonda harakat qilish juda mushkul bo‘lsda, bu menga doim o‘zgacha zavq bag‘ishlar edi. Ayniqsa u Madrid klubi safida to‘p surgan chog‘larida biz sovringa ega chiqsak bormi? Men uchun bundan zavqli his yo‘q edi…
Krish bilan uzoq muddat davom etgan raqobatimiz oqibatida ikkimiz ham futbolchi sifatida ancha o‘sishga erishdik. Ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritdik. Endi esa u «La Liga»nit ark etdi. Uning Madrid jamoasi safida emasligi meni ranjitadi…

Terma va klubning farqi nimada?

Klubda biz har kuni mashq qilamiz, jamoadoshlarimiz bilan kun bo‘yi birgamiz, har uch kunda rasmiy uchrashuvda maydonga tushamiz… Terma jamoada esa, hammasi o‘zgacha. U yerda kam ko‘radigan  futbolchilaringiz bilan tezda chiqishib ketish va natija ko‘rsatish muhim. To‘g‘risi, bu boshqa-boshqa narsalar…

Terma jamoa haqida

Katta o‘glim yaqinda shunday deb qoldi: « Dada nega sizni Argentinada yomon ko‘rishadi? Siz haqingizda u yerda faqat yomon so‘zlar ishlatishadi?»
To‘g‘risi biroz jimim qoldim. Terma jamoam safida albatta chempionlikni qo‘lga kiritishim zarur. Bu ruhiy bosimni yengishimda yordam beradi degan umiddaman. Toki imkonim bor ekan, albatta bu ishga qayta-qayta urunaveraman!

Yolg‘onchilar haqida

Men haqimda internetda ko‘plab yolg‘on ma’lumotlarga ko‘zib tushib qoladi. Bu ma’lumotlarda men haqimdagi yolg‘onlar ustamonlik bilan yetkazilgan, ustimdan mag‘zava ag‘darishganini guvohi bo‘laman. Men terma jamoa safidagi o‘yinlarga kelsam ham, kelmasam ham shunday ma’lumotlar to‘xtamaydi.
Shuni bilib qo‘ying! Bunday xabarlar meni badjaxlga aylantirib qo‘ymoqda!

Do‘stlari haqida va mish-mishlar borasida

Terma jamoada Iguain, Di Maria va Aguero bilan aloqalarim do‘stona deb ayta olaman. Bu yigitlarning barchasi kuchli futbolchilar. Buni tan olish lozim. Men haqimda eng ko‘p uchraydigan mish-mishlardan biriga izoh berib o‘tsam, men hech qachon terma jamoaga murabbiy tanlamaganman, tanlamayman ham!
Afsuski, Braziliyadagi mundial finalida mag‘lubiyatga uchragach, bunday xabarlar ko‘payib ketdi. Xalqimiz o‘sha alamli mag‘lubiyatdan so‘ng tushkun kayfiyatdan chiqa olmay qoldi. Aynan shu mag‘lubiyatdan so‘ng meni tanqid qiluvchilar ko‘payib ketdi…

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:58, 06.07.2019.
O'qildi: 7661 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.