Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:00 Strasbur 2-1 Mets
13/05 00:00 Klermon 0-1 Lion
13/05 00:00 Nant 1-2 Lill
13/05 00:00 Monpelye 0-2 Monako
13/05 00:00 PSJ 1-3 Tuluza
13/05 00:00 Renn 1-1 Lans
13/05 00:00 Marsel 3-1 Loryan
13/05 00:00 Betis 3-2 Almeriya
13/05 19:00 Surxon 1-1 Dinamo
13/05 19:00 Nasaf 0-0 Bunyodkor
13/05 21:30 Lechche 0-2 Udineze
13/05 23:45 Fiorentina 2-1 Monsa
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv - OKMK
14/05 22:30 Osasuna - Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem - Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid - Alaves
15/05 01:00 Jirona - Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ

Qizil kartochka haqida Messi nimalar dedi?

Qizil kartochka haqida Messi nimalar dedi?

Baho:
+ | -
Bo'lim:

«Kopa Amerika» musobaqasining 3- o‘rin uchun bo‘lgan bahsida Argentina o‘zi uchun eng noqulay bo‘lgan raqib Chilini mag‘lubiyatga uchratdi va haqli ravishda bronza medallariga ega chiqdi. Shunday bo‘lsada, uchrashuv mobaynida hakamlar bir nechta juda qo‘pol va bahsli qarorlar qabul qilishgani kishini hayron qoldirdi. Aynan shu voqeaga Messi o‘yindan so‘ng qanday fikr bildirgani bilan qiziqdik.

Arturo Vidal

Bugun biz bu musobaqadagi eng og‘ir uchrashuvni o‘tkazdik. Messi haqida esa uzoq gapirish mumkin. U jamoasi uchun 40 daqiqa harakat qilgan bo‘lsada, juda foydali o‘yinchiga aylandi. Ba’zan himoyachilar Messiga qarshi juda qo‘pol o‘ynashga urunishadi. Sababi, uni boshqachasiga to‘xtatib qolishning iloji yo‘q. Bu uchrashuv oldidan ikki terma jamoa ham chempionlik uchun kurashdan chiqib ketgan va kayfiyat ham shunga yarasha edi. Medel va Messi o‘rtasidagi kichik janjal Leo uchun birinchisi emas. Yana qaytaraman, uni to‘xtatib qolish juda mushkul. Shu sababdan himoyachilar mana shunday uslubdan foydalanishga majbur bo‘lishadi. O‘ylashimcha, hakam vaziyatga to‘g‘ri yondosha olmadi. Haqiqat ham shu - bu musobaqadagi hakamlik me’yorida emas. Bu musobaqada VARdan foydalanish uchun avval uni ishlatishni bilish kerak. Eng kulgulisi ular bundan texnikadan foydalanishni bilishmaydi. Naqadar past saviyadagi hakamlik! Bu ikki yigit maydonni tark etmasligi kerak edi. Axir ular jamoa sardorlariku! Ular maydonda qolishganda, bu uchrashuv juda tomoshabop o‘yinga aylangan bo‘lar edi.

Aguero

Biz g‘alaba qozongan bo‘lsakda, bu Messi uchun alamli g‘alabaga aylandi. U bugun maydonda bor kuchi bilan to‘p surmoqchi, muxlisarning ko‘nglini ko‘tarishni niyyat qilgan edi. Afsuski, hakamlar bu safar ham bizga pand berdi. Eng qizig‘I shundaki, voqea paytida Messi o‘zini juda bosiq tutdi va Medelning provakasiyasiga uchgani yo‘q. Hakam esa, huddi shuni kutib turgandek, birdaniga ikki futbolchini maydondan haydadi. Medelga bo‘lgan hurmatimni salqalgan holda shuni aytishim kerak-ki, tarkibingizda Messi bo‘lmasa bu boshqacha ko‘rinish demakdir. Medelning yo‘qligini esa sezganim ham yo‘q. U o‘zi maydonga aynan shu maqsadda tushgan ko‘rinadi. Uni tabriklashimiz mumkin. Nega deysizmi? U o‘z vazifasini a’lo darajada uddaladi!

Messi

Nimalar bo‘lganini hammangiz ko‘rdingiz. Bu futbol emas, shunchaki sharmandali holat!  Agarda masxaraboz hakamlar turnirga qo‘yiladigan bo‘lsa, boshqa ishtirok etishdan ma’ni yo‘q. Futbolni ozgina tushunadigan insonlar ham Braziliya yashil maydonlarida o‘tayotgan musobaqada nimalar bo‘layotganini darrov tushunib olishadi. Men bunday yoqimsiz holatlar haqida so‘zlayverib ham charchab ketdim. Bu qit’aning hakamlik darajasi yo‘qolib ketish arafasida turibidi! O‘ylashimcha, uni qutqarib qolishning sira iloji yo‘q! Eng achinarlisi shundaki, bunday saviyadagi hakamlik musobaqaning obro‘siga sezilarli darajada putur yetkazmoqda. To‘g‘risi, musobaqa hakamlari bilan bo‘layotgan sirli voqealar haqida qit’a federasiyasi taftish o‘tkazishi zarur. Aks holda, keyingi musobaqada o‘zini hurmat qiladigan birorta futbolchi ishtirok etmaydi!

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:59, 07.07.2019.
O'qildi: 14431 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.