Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Anvar Hafizov: “Yigitlar katta tajriba to‘plashdi”

Anvar Hafizov: “Yigitlar katta tajriba to‘plashdi”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Liga kubogining “D” guruhi 3-turi doirasidagi “Andijon” – “Navbahor” (3:0) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “Navbahor” murabbiyi Anvar Hafizov ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

- Bugungi bahsda “Andijon” klubiga qarshi maydonga yoshlar jamoamiz tushdi va mazkur o‘yin futbolchilarimizga katta tajriba bo‘ldi. Ushbu bahsda maydonga tushgan yigitlar 2000 va 2001 yillarda tug‘ilishgan. Shunday bo‘lsa-da, ular bu o‘yinda o‘zlarini yo‘qotib qo‘yishmadi hamda mezbonlarga munosib qarshilik ko‘rsatishga intilishdi. Bu esa bizni  xursand qildi. Afsuski, o‘z darvozamizdan 34-daqiqada o‘z darvozamizdan keraksiz to‘pni o‘tkazib yubordik va bu jamoa o‘yiniga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Shogirdlarim ko‘rsatmalarimni 80 foizga bajarishdi, deb o‘ylayman. Umuman olganda, yigitlar yomon o‘ynashmadi.Ammo natijaga qaraydigan bo‘lsak,  baribir bugun tajriba o‘z so‘zini aytdi.

- Mazkur uchrashuvda “Navbahor”ning yoshlar jamoasi ishtirok  etishi oldindan rejalashtirilganmidi yoki hammasi kutilmaganda o‘zgarib ketdimi?

- Ushbu o‘yindan oldin Liga kubogining 2-turi doirasida o‘z maydonimizda  “Mash’al”ni qabul qilgandik.Ertasi kuni klub rahbariyati bizga “Andijon”ga qarshi kechadigan o‘yinga tayyorgarlik ko‘ringlar, Andijonga sizlar borasizlar, deyishdi. Mazkur bahsga tayyorgarlik ko‘rish uchun to‘rt kuncha vaqtimiz bor edi hamda bu vaqtdan samarali tarzda foydalangan holda, mashg‘ulotlarga zo‘r berdik.   

-  Bu o‘yinni “Navbahor” bosh murabbiyi Deyan Jurjevich ham kuzatdi…

- Ha, Jurjevich uchrashuvni ko‘rdi. O‘yindan oldin ham bosh murabbiy bilan gaplashgandim. U asosiy e’tiborini yoshlarga qaratishini va jamoani ushbu bahsga tayyorlashimni tayinlagandi. Shu bois, o‘zi bir qator yoshlarning o‘yinlarini bevosita  kuzatish uchun mazkur bahsga tashrif buyurdi.

Men janob Jurjevichga tarkibimizda  4-5 nafar iqtidorli futbolchilarimiz bor hamda ular bemalol asosiy tarkibda o‘ynay oladi, degandim. Uchrashuvdan keyin ham bosh murabbiy bilan gaplashdim va uning yoshlarimiz haqidagi fikrlari yaxshi.

- Deyan Jurjevichga aynan kimlarni tavsiya qilgandingiz?

- Ayubxon Jo‘rayev, Komiljon Tojiddinov, Sherzod G‘ulomjonov, Mirjalol Abdumutalov. Ular O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga nomzod futbolchilar hisoblanishadi.Jurjevich ularning o‘yinlarini ko‘rib, xursand bo‘ldi.

- Bugungi uchrashuvda yoshlar jamoasi ishtirok etganini inobatga olsak, “Navbahor”ning Liga kubogiga e’tibori yuqori emasmi?

- Nega endi? Biz uchun har bir musobaqa muhim ahamiyatga ega. Faqatgina birinchi davrada “Navbahor” da asosan 13-14 nafar futbolchilarning zimmasiga asosiy yuk tushdi. Shu bois, Jurjevich ularga dam berishni ma’qul ko‘rdi. Lekin biz ham Andijonga shunchaki o‘ynab ketish uchun kelmagandik. Iloji boricha yutishimiz kerak edi. Lekin tajriba baribir ustunlik qildi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 10:41, 08.07.2019.
O'qildi: 1999 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.