Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

Aleksandr Xomyakov: “G‘alaba biz uchun muhim edi”

Aleksandr Xomyakov: “G‘alaba biz uchun muhim edi”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Liga kubogining “D” guruhi 3-turi doirasidagi “Andijon” – “Navbahor” (3:0) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Andijon” bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob berdi.

- G‘alaba qozonish doimo yoqimli. Raqib darvozasiga javobsiz uchta to‘p kiritib, muxlislarimizni xursand qildik. O‘yin borasida gapiradigan bo‘lsam, birinchi bo‘limda shogirdlarimning maydondagi harakatlari unchalik qovushmadi. Vaholanki, biz mazkur o‘yinga “Navbahor”ning yoshlar  tarkibidagi futbolchilari kelishini bilardik. Aftidan, ushbu holat ham yigitlarga o‘z ta’sirini o‘tkazgan.

Ta’kidlaganimdek, shogirdlarimning ilk bo‘limdagi o‘yinidan qoniqish hosil qilmadim. Shukrki, ular bunday o‘yin bilan raqibni yutib bo‘lmasligini angladilar va o‘z zimmalaridagi vazifalarga haqiqiy professionallarcha yondashgan holda, uchta gol urishning uddasidan chiqishdi. Shuning evaziga bo‘lsa kerak, ikkinchi bo‘lim to‘laligicha bizning ustunligimiz ostida kechdi. Muhimi, ishonchli g‘alaba qo‘lga kiritildi. Ammo aytish joizki, “Navbahorning yoshlar tarkibini mag‘lubiyatga uchratganimiz uchun havolanib ketmasligimiz kerak. Bevosita Andijon”ga kelsak, jamoa o‘yin uslubini mukammal ko‘rinishga keltirish ustida ishlamoqda.

  Jamoamizda tiklanish davri davom etmoqda. Boz ustiga g‘alabasiz uchrashuvlar seriyasi tufayli futbolchilardagi ruhiyat ancha tushib ketgandi. Tabiiyki, bunday mahalda butun jamoa katta bosim ostida qolib ketadi. Biz murabbiylarning qarshimizdagi asosiy vazifa futbolchilarni ruhiy tushkunlik holatidan olib chiqib ketishdan iborat edi. Tyez-tez g‘alaba qozonilsa, ruhiyat masalasida keskin darajada yaxshi tomonga o‘zgarish kuzatiladi.

Shunday musobaqada erishilgan g‘alaba biz uchun juda muhim edi. Chunki muvaffaqiyat futbolchilarning o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchlarini oshiradi. Asta-sekinlik bilan ruhiy inqiroz ko‘chasidan chiqib boryapmiz.

Shuningdek, faqat g‘alaba ishonchni kuchaytirmaydi, balki himoyadagi bexato o‘yin futbolchilarning ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shundan kelib chiqqan holda mazkur bahs uchun tanlagan taktikamizda himoyaga ham e’tibor berishga harakat qildik.

Darvoza daxlsizligi saqlab qolinsa,  ekan, bu futbolchilar ruhiyatini ko‘taradi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 10:45, 08.07.2019.
O'qildi: 2071 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.