Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Moskvada Rossiya va O‘zbekiston MOQ rahbarlari o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Moskvada Rossiya va O‘zbekiston MOQ rahbarlari o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Tokio Olimpiadasi boshlanishiga ham deyarli 1 yil vaqt qoldi. Ushbu muddat oralig‘ida terma jamoa a’zolarini musobaqaga puxta tayyorlash har bir Milliy olimpiya qo‘mitalarining oldida turgan eng asosiy vazifa hisoblanadi.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi oldida ham ana shunday mas’uliyatli vazifa turibdi. Oldinda turgan katta hajmdagi ishlarni amalga oshirish uchun eng sportdagi eng ilg‘or mamlakatlar bilan hamkorlik ishlari talab etiladi. Ayni paytda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Rustam Shoabdurahmonov Moskva shahrida bo‘lib turibdi va ushbu tashrif doirasida bugun Rossiya olimpiya qo‘mitasi rahbari Stanislav Pozdnyakov bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv mobaynida har ikki tashkilot rahbarlari keng doiradagi o‘zaro hamkorlik borasida suhbat olib borishdi. Unga ko‘ra, bir qator sport turlari bo‘yicha qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish, birgalikda sport tadbirlarini tashkil qilish, sport tibbiyoti, farmakologiya masalalarida hamkorlik qilishga kelishib olindi. Shuningdek, Sochi va Kislovodskdagi sport bazalarida terma jamoamiz vakillarining o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazishi, sport universitetlaridagi professor o‘qituvchilarning malaka oshirishi borasida kelishuvga erishildi.

Tashrif davomida Rustam Shoabdurahmonov Rossiya olimpiya qo‘mitasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Qo‘mita qoshida tashkil etilgan Innovasion markazni borib ko‘rdi. O‘zbekiston MOQ rahbariga Moskva safari davomida Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi direktori, professor Abdushukur Sadikov hamrohlik qilmoqda.

Ertaga, 10 iyul kuni hamkorlik doirasida Rossiya sport vaziri Pavel Kolobkov bilan ham uchrashuv belgilangan.

Manba: Olympic
Kiritildi: 22:59, 09.07.2019.
O'qildi: 1887 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.