Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze 1-1 Empoli
19/05 19:00 Navbahor 1-0 Neftchi
19/05 19:00 OKMK 5-3 So‘g‘diyona
19/05 20:00 Manchester Siti 3-1 Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted 0-3 Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal 2-1 Everton
19/05 20:00 Brentford 2-4 Nyukasl
19/05 20:00 Brayton 0-2 Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli 1-2 Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi 2-1 Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas 5-0 Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul 2-0 Vulverhempton
19/05 20:00 Luton 2-4 Fulhem
19/05 21:00 Inter 1-1 Lasio
19/05 22:00 Valensiya 1-3 Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal 4-4 Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao 2-0 Sevilya
19/05 22:00 Atletiko 1-4 Osasuna
19/05 22:00 Barselona 3-0 Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis 0-2 Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis 0-0 Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka 2-2 Almeriya
19/05 22:00 Granada 1-2 Selta
19/05 23:45 Roma 1-0 Jenoa
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu rukndagi eng so‘nggi yangiliklarni taqdim etishda davom etamiz.

"Roma" klubi himoyachi topdi

Italiyaning «Roma» klubi «Atalanta» jamoasi himoyachisi Djanluka Manchini borasida rasmiy taklif bilan chiqdi.
Tomonlar tez fursat ichida futbolchining transfer summasini kelishib oldi. Unga ko‘ra Rim klubi himoyachi uchun 21 million yevro va bonus sifatida yana 3 million yevro to‘laydigan bo‘ldi.
«Roma» Manchinini jamoani tark etgan Kostas Manolosning o‘rinbosari sifatida xarid qilmoqda.

Luis Filipe qolmoqchi

Ispaniya nashrlarining xabar berishicha, «Atletiko Madrid» klubi himoyachisi Luis Filipe jamoada yana bir mavsum qolishni stamoqda. Aslida futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi shu yilning 1-iyul sanasida o‘z yakuniga yetgan va u hozirda erkin agent sifatida yangi klubga o‘tishga xaqli.
33 yoshlik braziliyalik futbolchi «Atletiko Madrid» bilan yana bir yillik shartnoma imzolashi mumkin. Bu haqida «A C» nashri xabar tarqatmoqda. Madrid klubi futbolchiga yana bir yillik sharntomani tayyorlamoqda. Futbolchi va klub o‘rtasidagi yangi bitm haqida shu kunlarda e’lon qilinadi.

«Inter» o‘z futbolchisini sotadi

Milanning «Inter» klubi o‘zining portugaliyalik yarim himoyachisi sanaladigan Joa Mariu borasida takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor ekanligini e’lon qildi. Unga ko‘ra futbolchi Antonio Kontening rejalarida yo‘q va uni zahira o‘rindig‘ida uzoq muddat o‘tirish kutmoqda.
Hozirda futbolchi bilan Fransiyaning «Monako» klubi jiddiy qizib qolga. Joa Mariuning taxminiy transfer qiymati 25 millioni tashkil etmoqda.

«Atletiko Madrid»

«Matraschilar» keyingi mavsumdagi ilk xaridni belgilab olishdi. Unga ko‘ra klub kelasi yili «Espaniyol» jamoasi himoyachisi Mario Ermosoni sotib oladi.  Aslida Madrid klubi futbolchini bu mavsumning o‘zidayoq qo‘lga kiritishi mumkin, lekin biroz sabr qilishsa, futbolchi erkin agentga aylanadi va jamoaga bepul kelib qo‘shiladi.

Elxif Elmas Italiyaga yo‘l oladi

Turkiyaning «Fenerbahche» klubi himoyachisi Elxif Elmas o‘z kariyerasini Karlo Ancheloti qo‘l ostida o‘tkazishga yaqin turibdi. Gap shundaki, turklar o‘z futbolchisini 15 million yevro evaziga sotishga qaror qilishdi va «Napoli» klubi agentlariga futbolchi bilan uchrashish uchun ruhsat berishdi. Endilikda Elmas va uning yangi jamoasi futbolchining shartnoma bandlarini kelishib olishsa, bo‘lgani.
Ma’lumotlarga qaraganda «Napoli» futbolchi uchun turli bonuslar tariqasida yana 3 million yevro to‘lashga majbur bo‘ladi.

Beylga ajoyib shartnoma taklif qilishmoqda

«El Chiringueto» nashri tarqatgan xabarlarga ko‘ra, Xitoy klublaridan biri uelslik futbolchiga fantastik shartnoma taklif qilmoqda. Unga ko‘ra Beyl «Real Madrid» klubida olayotgan maoshidan 2 barobar ko‘proq maosh oladi va jamoaning sardoriga aylanadi. Bundan tashqari, futbolchi Xitoy klubiga o‘tishga rozilik bildirsa, unga klub shaxardagi eng katta uylardan birni sovg‘a tariqasida taqdim etadi.
Bu taklif borasida Beyl o‘ylab ko‘rish uchn vaqt so‘ragan. «Real Madrid» klubi esa uning ketishiga norozi. Sababi, Xitoy klubi Beylni erkin agent sifatida o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. «Qirollik klubi» esa, o‘z futbolchisini kamida 60 millon yevroga sotishni reja qilgan.

Rossiya terma jamoasi sardori legionerga aylanishi mumkin

Rossiyaning «Zenit» klubi hujumchisi Artyom Dzyuba faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin. «Marsel» klubining yangi ustozi – Anrea Villash Boash o‘zining sobiq shogirti sanaladigan Dzyubani o‘z jamoasiga chorlamoqda.
«Zenit» klubi transfer borasidagi takliflarni rad etayotgan bo‘lsada, futbolchining o‘zi boshqa chempionatda omadini sinab ko‘rish fikridan qaytganicha yo‘q. Voqealar rivojini kuzatishda davom etmiz.

Pogbaning o‘rniga nomzot qidirilmoqda

«Manchester Yunayted» klubi Pol Pogbani o‘z jamoasida olib qolishning iloji yo‘q ekanligini tobora anglamoqda va uning o‘rnini bosa oluvchi futbolchilarni ko‘rib chiqishni boshladi. Hozirda «qizil iblislar» «Sautgempton» klubi yarim himoyachisi Mario Lemina variyanti ustida bosh qotirmoqda.

«Yuventus»dan Angiliya klubi safiga 18 million yevro evaziga o‘tgan futbolchi mavsum oldi yig‘inlarga klubi bilan ketgani yo‘q. U bu ishi bilan yangi mavsumni boshqa klub safida boshlashini e’lon qilgan.
Futbolchining taxminiy transfer qiymati 30 million atrofida baholanmoqda.

Vaskes “Arsenalga kerak emas!

Londonning «Arsenal» klubi matbuot hizmati «Real Madrid» klubi yarim himoyachisi Lukas Vaskesning transferi borasida hech qanday ish olib borilmayotganini rasman e’lon qildi. Unga ko‘ra , «to‘pchilar» futbolchining agenti bilan ham uchrashmaganlar va bu boradagi barcha yangiliklar mish-mishdan boshqasi emas.
Shuningdek, «Arsenal» klubi yangi mavsum oldidan asosiy e’tiborni saviyali himoyachilarni harid qilishga qaratilganini ham e’lon qildi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:08, 09.07.2019.
O'qildi: 15258 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.